PROGNOZLASH KO‘LAMI - Prognozlash ko‘lami bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan.
- a) makroiqtisodiy (xalq xo‘jaligi) va tarkibiy (tarmoqlararo va regionlararo) prognozlash;
- b) xalq xo‘jaligi majmualarining prognozlari (yoqilgi, energetika, agrosanoat, ishlab chiqarish infratuzilmasi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalar);
- c) tarmoq va regional prognozlar;
- d) xalq xo‘jaligi tizimining boshlang‗ich bo‘g‗inlarini prognozlash (korxonalarda ishlab chiqarish uyushmalarini va hokazo).
TUZILISH MUDDATI BO‘YICHA - Tuzilish muddati bo‘yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo‘linadi.
- Operativ prognoz bir oygacha;
- -qisqa muddatli prognozlar 1 oydan 1 yilgacha;
- -o‘rta muddatli prognozlar 1 yildan 5 yilgacha;
- -uzoq muddatli prognozlar 5 yildan 20 yilgacha;
PROGNOZLAR FUNKSIONAL BELGISIGA KO’RA TURLARI - Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuv prognozlariga bo‘linadi.
- Izlanuv prognozi izlanayotgan ob‘ektlarning kelajakdagi rivojlanish darajasiga asoslangan bo‘lib, bu darajalarni qo‘llash sharoitlaridan cheklashadi. Uning vazifasi o‘rganilayotgan ob‘ekt bor tendensiyalar saqlangan holda qanday rivojlanishini o‘rganishdir.
- Normativ prognoz izlanuv prognozlaridan farqli o‘larok oldin qo‘yilgan maqsadlar bazasida ishlab chiqiladi. Uning vazifasi maqsad qilib olinayotgan obektning kelajakdagi holatini prognozlash yo‘li va erishish vaqtini aniqlashdir.
- 1.Ekspert usuli. Bu usul boshlangich axborotlarni yig‗ish (anketa, intervyu) va ularni tahlil kilishga asoslanadi. Shu bilan birga prognoz maqsadi ekspertlar tomonidan qilingan tahlilga asoslanadi.
- 2.Ekstropolyatsiya – bu, ob‘ektning bo‘lishi mumkin bo‘lgan rivojlanishini o‘rganish va uning kelajakdagi rivojlanish qonuniyligidir.
- 3.Modellash – bu, prognozlashtirilayotgan ob‘ekt tuzilishida kutilayotgan o‘zgarishlarning normativ modellaridagi izlanishdir.
- Prognozlash amaliyotida sanab o‘tilgan prognozlarni ishlab chiqish yo‘llari birgalikda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |