Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” fani 3-mavzu tibbiyot muassasalarini moddiy


Download 140.83 Kb.
bet1/7
Sana12.02.2023
Hajmi140.83 Kb.
#1191440
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Мавзу матн


BYUDJET TАSHKILOTLАRI JАMG’АRMАLАRI HISOBI” FANI




3-MAVZU
TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY
RAG’BATLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH JAMG’ARMASI MABLAG’LARINING SHAKLLANISHI VA SARFLANISHI
BUXGALTЕRIYA HISOBI


Ergasheva Sh. Professor.


Ma’lumot uchun: barcha ma’ruza tezislarida, taqdimotlarda “Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” (muallif S.M.Buzrukxonov) o’quv qo’llanmasi materiallari ishlatilgan, ularning ushbu kitioblari o’quv kursining asosiy darsligi, ammo boshqa manbalardan ham foydalaniladi.
    1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining shakllanishi va


sarflanishi tartibi.

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


Tibbiyot muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish manbalari quyidagilar:

  • tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag’lar;

  • faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

  • hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;

  • belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar va homiylikdan olingan mablag’lar.

Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish manbalari (qishloq vrachlik punktlari uchun) quyidagilar:

  • QVP uchun byudjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha;

  • homiylik va donorlik tashkilotlaridan, pulli davolash va xizmatlardan, intizomiy jazoni qo’llashdan tushadigan, jarimalar mablag’lari;

  • hisobot choragining oxirgi ish kuni tugashida paydo bo’lgan byudjet mablag’laridan tejamlar (kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lardan tashqari);

  • vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarni va boshqa davlat mulkini o’zga tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag’lar.

Tibbiyot muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasining mablag’larini sarflash yo’nalishlari:

  • moddiy rag’batlantirish;

  • moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, muassasani modernizatsiya qilish va ta‘mirlash, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va kreditorlik qarzlarni to’lash.

Tibbiyot muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasining mablag’larini sarflashlashda tibbiyot muassasalarining guruhlari qaraladi. Buni quyidagi jadval asosida ko’rish mumkin:


Download 140.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling