Byudjet tаshkilotlаri jаmg’аrmаlаri hisobi” fani 3-mavzu tibbiyot muassasalarini moddiy


Download 140.83 Kb.
bet6/7
Sana12.02.2023
Hajmi140.83 Kb.
#1191440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Мавзу матн

Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi hujjat

1


Byudjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos mahsulot (ish va xizmatlar)ni sotishdan mablag’ kelib
tushganda



112



152

Shaxsiy xisobvaraqdan ko’chirma

2


Byudjet tashkilotlarida vaqtincha foydalanilmayotgan binolar, boshqa
asosiy vositalar ijarasidan tushumlar



112



159

Shaxsiy xisobvaraqdan
ko’chirma

3


Homiylik mablag’lari tushumi aks ettirilganda



112



262

Shaxsiy
xisobvaraqdan ko’chirma

4


Yil yakuniga ko’ra byudjet
mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’lar o’tkazilganda



112



232

Shaxsiy
xisobvaraqdan ko’chirma

Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.




    1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini sarflanishi hisobi.


Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini sarflanishi hisobi ―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda 2169- son bilan ro’yxatdan o’tgan)ga asosan yuritiladi.


Tibbiyot muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari:

  • vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to’lash;

  • byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

  • byudjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag’batlantirish tadbirlari uchun yo’naltiriladi.

Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik mablag’larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, byudjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi;
Byudjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’limlari tomonidan tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish mablag’lari bo’yicha shaxsiy hisobvaraqda muomala amalga oshirilgan kun uchun ko’chirmalar taqdim etiladi. Bu ko’chirmalarni ―UzASBO‖ dasturidan elektron ko’rinishida ham ko’chirib olish mumkin. Ushbu ko’chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib, 3-memorial order –byudjetdan tashqari mablag’lar



harakatiga doir jamlanma qaydnoma (381-son shakl) rasmiylashtiriladi. 3- memorial orderga asosan yozuvlar Bosh jurnal kitobi (308-son shakl)ga tushiriladi. Bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
112 ― Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari‖ subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish mablag’larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushumlari, homiylik mablag’lari tushumi, yil yakuniga ko’ra byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’ni rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi aks ettiriladi, kredit tomonida ushbu mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tibbiyot muassasalarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari sarflanishi buxgalteriya o’tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi:




Download 140.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling