Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiini tuzish


G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tasdiqlash va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi


Download 32.53 Kb.
bet2/6
Sana26.10.2023
Hajmi32.53 Kb.
#1723619
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'aznachilikda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va ularga kiritiladigan o\'zgarishlarni ro\'yxatga olish

G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tasdiqlash va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi

Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, ro’yxatdan o’tkazish va moliyalashtirish uchun qabul qilish. Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.


Smetalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi.
Ilova smetaning ajralmas qismi hisoblanadi, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslash uchun xizmat qiladi va hisobot maqsadlari uchun foydalaniladi.
Xalq ta’limi muassasalari bo’yicha xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hududiy moliya organlari bilan birgalikda tuziladi. (O’zR VM 19.07.2007 y. 148-son Qaroriga binoan)
Byudjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim etadilar.
Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan byudjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda byudjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish mazkur byudjet tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash), byudjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar ular O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng. amalga kiritiladi.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda albatta Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi. (O’zR VM 19.07.2007 y. 148-son Qarori)
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi. (O’zR VM 19.07.2007 y. 148-son Qarori)
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar joriy byudjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga Davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) byudjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari xarajatlarini:
respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;
mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni to’lash:
respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan - Moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig’i summasiga kamaytiriladi.
O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli byudjetlar daromadiga o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari xarajatlarining III guruhi Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi (to’lanadi).
"Boshqa xarajatlar"-IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
oziq-ovqat;
dori-darmonlar;
kommunal xizmatlar;
boshqa xarajatlar.
Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o’quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag’ bilan ta’minlash uchun mablag’larni IV guruh mablag’lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
IV guruh hisobiga avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini (maxsus avtotransport bundan mustasno), uyali telefonlar va zeb-ziynat buyumlari (import ofis mebeli, audio-video texnika (o’quv, ilmiy va tibbiy jarayonlarda foydalaniladiganlardan tashqari) ofislar uchun gilamlar va boshqalar) xarid qilishga faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yo’l qo’yiladi, ko’rsatib o’tilgan moddiy aktivlarni sotib olishga mablag’lar iqtisodiy tasnifnomaning tegishli moddasi bo’yicha byudjet tashkilotining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi guruh bo’yicha to’lanadi.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va 414-son Qarorda belgilab qo’yilgan tartib bo’yicha sarflanadi;
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va undan 414-son Qarorning yangi tahririda belgilab qo’yilgan Tartib talablariga muvofiq foydalaniladi;
Tejab qolingan byudjet mablag’larini o’tkazish byudjet tashkilotlari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida hisobot choragidan keyingi oy mobaynida amalga oshiriladi.

Download 32.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling