Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiini tuzish


Download 32.53 Kb.
bet1/6
Sana26.10.2023
Hajmi32.53 Kb.
#1723619
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'aznachilikda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va ularga kiritiladigan o\'zgarishlarni ro\'yxatga olish



G’aznachilik tizimi sharoitida byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi



Reja:



  1. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiini tuzish

  2. G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tasdiqlash va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi

  3. G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lari ijrosi




  1. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini tuzish

Moliyaviy menejmentda tashkilot byudjetini tuzishdan iborat moliyaviy resurslarni rejalashtirish jarayoni muhim o’rin tutadi. Tashkilot byudjetini tuzish kelgusi moliyaviy yil uchun moliyaviy resurslarning hajmini, asosiy manbalarini va ishlatish yo’nalishlarini avvaldan belgilab olish, shu bilan birga, moliyaviy rejalarni tashkilot faoliyatining boshqa yo’nalishlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Ammo davlat tashkilotlari bo’lgan, asosan byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan hamda smeta asosida moliyalashtirish tartib-qoidalariga bo’ysinadigan byudjet tashkilotlarida byudjet tushunchasi mazmunan xarajatlar smetasi tushunchasiga tenglashtirilganligini alohida ta’kidlash lozim. Xarajatlar smetasi asosiy rejaviy xujjat bo’lib, uning asosida turli ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun mablag’lar ajratiladi.


Ijtimoiy sohalarning kengtarmoqli muassasalari tizimi asosan tuman (shahar) mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Byudjet tashkilotlari o’zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qiladilar:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujj:atlariga;
2. byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
3. tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga;
4. yuqori turuvchi tashkilotlar raxbarlarining o’zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo’yicha ko’rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun xujjatlariga zid bo’lmasa,
5. bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan tashkilotlarning ayrim turlari uchun belgilangan ovqatlanish me’yorlari ovqatlanish kunining sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
6. dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun xujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi;
7. ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag’lar doirasida hisoblanadi.
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi:

  • Yakka smetalar;

  • Umumlashtirilgan smetalar;

  • Yig’ma smetalar.

Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi.
Umumlashtirilgan smetalar bir byudjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqning bir tur(tip)dagi muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Yig’ma smetalar bir byudjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqqa tegishli barcha muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.

Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belglangan tartibda ularga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga olgan xolda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi.


Xarajatlar smetasi –muassasaga ajratilgan byudjet mablag’larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy xujjat.
Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali onalarga nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar)
II-guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar)
III-guruh – Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq);
IVguruh – Boshqa xarajatlar
Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. (O’zR VM 19.07.2007 y. 148-son Qarori taxriridagi band)
Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu bilan birga belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquklar doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
Doimiy faoliyat ko’rsatuvchi byudjet tashkiloti bo’yicha xarajatlar smetalari 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan muddatga tuziladi va amal qiladi. Joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa ularning byudjet yilida ishlagan muddatiga tuziladi va amal qiladi.
Xarajatlar smetalari tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining amaldagi iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhi bo’yicha, boshqa xarajatlar va ularning hisob-kitobini o’z ichiga olgan to’liq yoyilmasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllari asosida tuziladi. Tashkilotlarning xarajatlar smetalari tegishli yuqori organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali onalarga nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar) ga quyidagi xarajat turlari kiradi:

  • 01110 - “Ish haqi”

  • 01130 - “Umumta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish Direktor fondi mablag’lari” (Faqat umtsumta’lim maktablarida)

  • Stipendiyalar

Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi qo’llaniladi. YaTS O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta razryaddan va har bir razryad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va byudjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, sog’liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
Kod 01200 “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu kodda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar 01100 kod bo’yicha ko’rsatilgan summaga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2008 yil uchun yagona ijtimoiy to’lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 24 foiz qilib belgilangan.

  • IY guruh «Boshqa xarajatlar» moddalari bo’yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning o’ziga hos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • amaldagi narhlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;

  • natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;

  • hisoblagichlarning ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;

  • har bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi;

  • energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.





  1. Download 32.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling