Byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi


Download 1.21 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1248717
Bog'liq
8-mavzu Smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish

Byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi.

Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi.

  • O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning byudjetdan ajratilgan mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasini va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yhatdan o’tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro’yhatdan o’tkazish tartibi belgilangan.

Xarajatlar smetasi.

  • Xarajatlar smetasi-tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo’yicha ko’zda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag’lar(xarajatlar rejasi) aks ettiriladi.
  • Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta-tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkil bo’lish manbalari va ushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.

Xarajatlar smetasining tarkibi

  • Smetalar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat byuudjeti daromadlari va xarajatlarning amaldagi tavsifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning 4 guruhi bo’yicha tuziladi:
  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
  • Ish haqiga qo’shimchalar;
  • Kapital qo’yilmalar;
  • Boshqa harajatlar.

Quyida biz kollejning xarajatlar smetasi misolida xarajatlar smetasi tarkibini ko’rib chiqamiz

4-guruh boshqa harajatlar jumlasiga:

  • 4-guruh boshqa harajatlar jumlasiga:
  • Kommunal xizmatlar
  • Elektroenergiya
  • Tabiiy gaz
  • Issiq suv va issiqlik energiyasi
  • Sovuq suv va oqova
  • Saqlab turish va joriy ta’mirlash
  • Mashinalar, jihozlar va texnika
  • Boshqa mashinalar, jihozlar, texnika va o’tkazgich qurilmalari
  • Kompyuter jihozlari, hisoblash va audio-video texnika
  • Moddiy aylanma vositalar zahiralariga harajatlar
  • Boshqa moddiy aylanma vositalar
  • Tovar-moddiy zahiralar;
  • Qog’oz xarid qilish uchun xarajatlar;
  • Dori darmonlar;
  • Axborot va kommunikatsiya xizmatlari
  • Tovar va xizmatlar sotib olish bo’yicha boshqa xarajatlar.

Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga har bir tashkilot bo’yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo’linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o’rnatilgan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq tarzda tuziladi.

  • Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga har bir tashkilot bo’yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo’linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o’rnatilgan mehnatga haq to’lash shartlariga muvofiq tarzda tuziladi.
  • Xodimlarga mehnatga haq to’lash yagona ta’rif setkasi orqali hisoblanadi va ular 22 razryad va unga bog’liq koeffitsientlardan iborat.
  • Ta’rif stavkasini miqdorini belgilash uchun ta’rif koeffitsienti mehnatga haq to’lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga ko’paytiriladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling