Buxgalteriya provodkasi:
Bu subschyotning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da har bir aybdor shaxs bo’yicha ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qarzning vujudga kelgan sanasi hamda kamomad summasi ko’rsatilgan holda, shuningdek byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larga ajratilgan holda yuritiladi. 171
―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyotida tashkilotlarning xodimlari bilan ijtimoiy sug’urta to’lovlari bo’yicha olib boradigan hisob-kitoblari yuritiladi. Ijtimoiy sug’urta to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar qonunchilikka asosan tartibga solinadi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, Pensiya jamg’armasi orqali to’lanadigan tashkilotning xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sug’urta to’lovlari hisoblanishi aks ettiriladi, debet tomonida hisoblangan vaqtinchalik mehnatga
layoqatsizlik nafaqalari, Pensiya jamg’armasi orqali to’lanadigan tashkilotning xodimlariga hisoblangan ijtimoiy sug’urta to’lovlarini to’lab berilishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |