Byudjet tashkilotlarida xodimlarga pensiya bilan bog’liq xarajatlarni hisobini yuritish amaliyoti va uni audit qilishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchliklar


-chizma. Ish haqi hisobini hujjatlashtirishning sxematik ko’rinishi


Download 157.59 Kb.
bet5/13
Sana20.12.2022
Hajmi157.59 Kb.
#1037444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qurambayev Og‘abek Azamat o‘g‘li (2)

2-chizma. Ish haqi hisobini hujjatlashtirishning sxematik ko’rinishi.


Tashkilotda ish haqi hisoblash to’lash bo’yicha ma‘lumot olish uchun har bir xodim bo’yicha 417-son shakldagi kartochka- ma‘lumotnomalar yuritiladi.
Ta‘lim muassasalarida talabalar bilan stipendiya to’lovlari bo’yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Stipendiya to’lovlari bo’yicha hisoblashuvlar ―Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida‖gi nizom ( Oʼzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining ― Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʼlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʼlash tartibini takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida‖gi 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan amalga oshiriladi.
Stipendiya - Oliy ta‘lim muassasalarining davlat grantlari bo’yicha va pulli - kontrakt asosda kunduzi o’qiydigan, davomati yaxshi bo’lgan talabalariga (bundan chet ellik talabalar mustasno), O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlardan qat‘i nazar, to’lanadigan oylik pul ta‘minoti (nafaqa).
Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag’batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to’lanadi. stipendiyalarni hisoblab yozish va to’lash hisob-kitob to’lov qaydnomalarida oyiga bir marta buyruqlar asosida amalga oshiriladi.
Bulardan tashqari talabalar bilan o’qitishning to’lov kontrakt shakli bo’yicha talabalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi.


    1. Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to’lash hisobini tashkil etishning amaliy jihatlari


Buxgalteriya hisobida xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar 17
―Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar‖ schyoti quyidagi subschyotlarda yuritiladi:

  1. ―Kamomadlarga doir hisob-kitoblar‖;

  2. ―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar‖; 172 ―Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar‖;

173 ―Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar‖; 174 ―Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar‖;

  1. ―Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar‖;

  2. ―Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo’yicha hisob- kitoblar‖;

  3. ―Deponentlangan to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar‖;

179 ―Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar‖.
Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 17
―Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar‖ schyotining tegishli subschyotlarini mablag’lar manbaalari bo’yicha alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 171/1 ―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar‖ (byudjet mablag’i hisobidan)‖, 171/2 ―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha hisob-kitoblar‖ (rivojlantirish jamg’armasi mablag’i hisobidan)‖ va hokazo, 170 ―Kamodmadlarga doir hisob-kitoblar‖ subschyotida kamomadlar, talon-toroj qilingan pul mablag’lari va moddiy qimmatliklar qiymati, shuningdek, aybdor shaxslar hisobiga yozilgan va o’rnatilgan tartibda undirib olinishi lozim bo’lgan moddiy qimmatliklar qiymati va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar hisobi olib boriladi. Bu subschyotning debet tomoniga aniqlangan kamomadlar, talon-tarojlar, nobudgarchiliklar va shu kabilar, aybdor shaxsning hisobiga olib borilishi, kredit tomonida yetkazilgan zararni qoplash uchun tashkilotga kirim qilingan summalar yoziladi.



Download 157.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling