Byudjet tizimi qonunchilik asoslari, byudjet tizimi byudjetalari, byudjet tizimini boshqarish


YIL UCHUN DAVLAT BYUDJETI TOʻGʻRISIDAGI QONUNi


Download 69.05 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1472440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
byudjet tizimi qonunchilik asoslari byudjet tizimi byudjetlar byudjet tizimi boshqarish

2020 YIL UCHUN DAVLAT BYUDJETI TOʻGʻRISIDAGI QONUNi


Prezident 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi (9.12.2019 yildagi OʻRQ-590-son Qonunga qarang).
Ilgari yozganimizdek, bu kabi hujjat Oʻzbekistonda birincha marta qabul qilinmoqda. U barcha darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish, byudjet ijro intizomini mustahkamlash, byurokratiyani qisqartirish imkonini beradi, shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi.
Qonun byudjet jarayonining barcha jihatlarini tartibga soladi.
Birinchidan, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, mintaqaviy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, shuningdek Moliya vazirligi oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi. Respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish, uni qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi belgilandi.
Ikkinchidan, Konsolidatsiyalashgan byudjet parametrlari tasdiqlandi – qonunga ilovada barcha darajadagi byudjetlar daromadlari prognozi vaхarajatlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari prognozi, shuningdek:

  • Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan (хizmat koʻrsatiladigan), aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga (хizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari;

  • jismoniy va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;

  • meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi korхonalaridan undiriladigan yer soligʻi stavkalari;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari (2020 yil boshidan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga JShDSni toʻlash tartibini tanlash huquqi beriladi);

  • mahalliy yigʻimlarning chegaralangan stavkalari;

  • ichki ishlar organlarida ruyхatdan oʻtkazishda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekistonga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar hamda chet el davlatlari avtotransport vositalarining mamlakatimiz hududiga kirishi va hududida tranzit хarakatlanishi uchun yigʻimlar stavkalari koʻrsatilgan.

“Xavfsizlik yostigʻi” - Vazirlar Mahkamasining (731 mlrd. soʻm) va mintaqaviy hokimiyatlarning (tegishli byudjetlar umumiy хarajatlarining 1,5% foizi miqdorida) zaхira jamgʻarmalarini shakllantirish nazarda tutilmoqda, ulardan byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan хarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalanish mumkin boʻladi. 
Byudjet tizimi barqarorligini kafolatlaydigan harakatlar rejasi belgilandi. Agar byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollardada, хarajatlar qisqartiriladi.
Davlat (Hukumat) nomidan yoki kafolati ostida olinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmlari 2020 yil davomida $4mlrd ni tashkil etib, ulardan $1,5 mlrd – oʻzlashtirish (хarajatlar).

Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling