Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja


Download 161.86 Kb.
bet4/19
Sana23.02.2023
Hajmi161.86 Kb.
#1224110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4-avgustdagi 69-sonli buyrug‘iga ilova bo‘lgan Davlat budjetining g‘azna ijrosi Qoidalari «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari( 01.01.2014 dan o‘z uchini yo‘qotgan) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594- son «Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini qo‘llash sharoitida respublika budjeti,
22
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Unda quyidagi asosiy qoidalar belgilangan:

  1. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib be- ruvchilar bilan shartnomalarini, shu jumladan kapital qurilish bo‘yicha buyurt- machilarning shartnomalarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli budjetlar xarajatlarining to‘lanishi, shu jumladan g‘azna hisobvaraqlaridan budjet ssudalari, subvensiya va dotatsiyalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan budjetdan mablag‘ oluvchilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi.

  3. Davlat budjeti g‘azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim etish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

  4. G‘aznachilik bo‘linmalari qo‘shimcha davrda amalga oshiriladigan quyidagi operatsiyalarning hisobini yuritadi:

  • kreditorlik qarzlarini to‘lash;

  • budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish;

  • respublika budjetiga ishlatilmagan mablag‘larni qaytarish.

  1. G‘aznachilik bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxatga olingan shartnomalarini xarajatlar smetalarida, shuningdek kapital qurilish xarajatlari bo‘yicha esa - qurilish obyektlarining oylik yoyilmalari bo‘yicha (Davlat budjeti hisobidan kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetalarida) nazarda tutilgan rejali ajratilgan budjet

mablag‘lariga muvofiqligiga va mazkur Qoidalaming talablariga muvofiqligiga va budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi ustidan nazoratning to‘g‘ri amalga oshirilishiga javobgardirlar.

  1. G‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari qonunchilikka muvofiq, elektron to‘lov topshiriqnomalarning “G‘aznachilik” dasturiy majmuida to‘g‘ri shakllantirilishi va ular to‘lovini “Bank-mijoz” dasturiy majmui orqali amalga oshirilishiga, naqd pul mablag‘lari olish uchun cheklarning mazkur Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga shaxsan javobgardirlar.

G’aznachilik tizimi faoliyat ko’rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular (1.1- rasmga qarang):

  1. G’aznachilikning yagona hisobraqami;

  2. G’aznachilikning bosh kitobi;

  3. G’aznachilik organlari;

  4. G’aznachilikning axborot tizimi.

G’aznachilikning yagona hisobraqami. Coliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G’aznachilik tomonidan G’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi. “Yagona g’azna hisobraqami G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo’lib, bu hisobraqamda Davlat byudjeti mablag’lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat byudjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi”. G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi.
Respublika budjetining asosiy hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika budjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika budjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit
hisobvaraqlaridan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri RG‘H ga kirim qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari (keyingi o‘rinlarda - HG‘H) orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota- onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda HG‘H ga kirim qilinadi.
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib tushgan summalar HG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari”
daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli budjetlaming daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi2.

Download 161.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling