Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja


Download 161.86 Kb.
bet5/19
Sana23.02.2023
Hajmi161.86 Kb.
#1224110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari

G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi - byudjet ijrosi g’aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G’aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo’ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi. G’aznachilikning Bosh kitobi o’z ichiga juda ko’p byudjet birliklarini birlashtiradi. G’aznachilikning Bosh kitobida byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko’rinadi.
G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’Hnmalari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo’yicha G’aznachilik bo’linmalari.
G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. Byudjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsada, tushumlarni o’tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan o’tkaziladi.
bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
• davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Bugungi kundagi G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining tashkiliy tuzilishi 2.2-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda G’aznachilikning markaziy apparati va uning bo’linmalari tuzilmasiga moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o’zgartishlar kiritish huquqi berilgan.
39



G’aznachilikda shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va narxlar monitoringini olib borish tartibi


Ma’lumki, davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimiga o’tishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish;

  • byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;

  • davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar sifatini oshirish va ularni tayyorlash muddatlarini qisqartirish.

Moliyaviy nazorat, uning turlaridan biri bo’lgan byudjet nazoratining quyidagi shakllari mavjud:

  • dastlabki nazorat;

  • joriy nazorat;

  • yakuniy nazorat.






Download 161.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling