Byujet hisobi va g`aznachilik
Download 355.65 Kb.
|
yangi kurs ishi 15.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRDI: Mundarija
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BYUJET HISOBI VA G`AZNACHILIK” FAKULTETI IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan KURS ISHI MAVZU: Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o’zgarishi BAJARDI: BBI-70 guruh Nurbekov Rohatbek TEKSHIRDI: Mundarija Reja
1.Valyuta va Valyuta munosabatlari tushunchasi............................................ 2.Valyuta va uning ishtirokchilari................................................................... 3. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari............................................ 4.Respublika valyuta tizimi va uning elementlari............................................ Xulosa.............................................................................................................. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.................................................................. KIRISH Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish,milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo'naltirilgan. Ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon moliya tizimi integratsiyalashuvni kuchaytirish xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq.Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi ishtiroki muhim o'rin tutadi. "Xalqaro valyuta-kredit” munosabatlari fani ixtisoslik fanlaridan biri bo'lib, iqtisodiy yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Mazkur darslik oliy ta'limning bakalavriat bosqichida o'qitiladigan Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari fanining o’quv dasturiga muvofiq tarzda yozilgan. Darslikdan amaliyotchi-mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va mazkur sohaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Darslikning asosiy maqsadi moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni o'rganish hamda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr va taassurotlarni hosil qilish, amaliy ko'nikma va bilimlarni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu darslikda valyuta munosabatlarining mazmuni va mohiyati, valyuta tizimi va uning asosiy turlari, jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi,O'zbekiston Respublikasi valyuta tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, valyuta kursining mazmuni va ahamiyati, valyuta kursining O’zbekiston asosiy turlari, valyuta operatsiyalarining asosiy turlari, Respublikasi tijorat banklarining valyutaperatsiyalarini rivojlantirish masalaları, valyuta siyosati tushunchasining mazmuni va asosiy turlari,valyuta siyosatining asosiy shakllari, xalgaro hisob-kitoblaming asosiy shakllari, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar va uarnig turları,tijorat banklarida xalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining qo'llanilishi, xalqaro kredit tushunchasining mazmuni, xalqaro kreditning asosiy shakllari, tashqi savdoni kreditlashning asosly shakllari, xalqaro faktoring va forfeyting operatsiyalari hamda ularning o'ziga XOS xususiyatlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliyaviy institutlarnig roli, xorijiy investitsiyalar va ularning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati,xorijiy investitsiyalarni xalqaro harakatini tartibga solish kabi masalalari bayon qilingan. Ushbu Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" fanini chuqur organish munosabatlaridagi orqali talabalar mamlakatimizning xalqaro valyuta-kredit ishtirokini faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiyotning yuqori iqtisodiy o'sish sur atlarini saqlab qolish, milliy raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyavly muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz. iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, xalgaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan,yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish,puxta o ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom etirish.Jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishadi.Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o qitish iqtisodlyotn rivojlantirish va liberallashtirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo'nalishlamni samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlari tayyorlashda muhim o'rin tutadi.Ushbu darslikni yanada takomillashtirish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Download 355.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling