Byujet hisobi va g`aznachilik


Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni


Download 0.51 Mb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1413276
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Saidusmon Iqtisod

Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
Iqtisodiy integratsiya — turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻrnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiqlarni olib tashlashda namoyon boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra iqtisodiy integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab chiqarish majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal iqtisodiy integratsiya yuz beradi. Vertikal iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoqlar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi.
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi.
Bu zonalar ochiq iqtisodiy hududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subyektlari imtiyozlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957-yildan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi).
Toʻrtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi.
21-asr boshlaridagi integratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).

Xulosa
Xalqaro iiqtisodiy tashkilotlar-bu mamlakatlarning chuqur, barqaror o’zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimotiasosida ular xo’jalik va siyosiy aloqalarning birlashib ketish jarayonidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari sifatida erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to’lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqini ko’rsatish mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini o b ’yektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichida xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro m ehnat taqsimotining chuqurlashuvi; um um jahon fan-texnika revolyutsiyasi; milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi kabilar asosiy o‘rinni egallaydi. Turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elem entlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning qat’iy (bir tom onlam a nafli) integratsiya, tasodifiy integratsiya, moslashuvchan (ikki tom onlam a nafli) integratsiya kabi turlari farqlanadi. Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy m unosabatlar tizimida ishtirok etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi m uam m olarning uzoq davr mobaynida turli olimlar tom onidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalaming shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida m utlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari, Xeksher-Olin-Sam uelson modeli, ishchi kuchi malakasi modeli, muqobil xarajatlar modeli, tovarning hayotiy sikli nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o ‘zaro m anfaatdorlik negizida qurilib, uning qoidalari ikki tom onlam a va ko‘p tom onlam a shartnom a munosabatlarida o ‘zaro manfaatli aloqalar o ‘rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslandi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling