Byujet hisobi va g`aznachilik
Download 150.61 Kb.
|
KURS ISHI FINAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRDI: Mundarija Reja
- Xulosa..............................................................................................................17
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BYUJET HISOBI VA G`AZNACHILIK” FAKULTETI IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan KURS ISHI MAVZU: Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o’zgarishi BAJARDI: BBI-70 guruh Nurbekov Rohatbek TEKSHIRDI: Mundarija Reja Kirish ..............................................................................................................3 1.Valyuta va Valyuta munosabatlari tushunchasi............................................4 2.Valyuta va uning ishtirokchilari...................................................................6 3. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari............................................11 4.Respublika valyuta tizimi va uning elementlari............................................14 Xulosa..............................................................................................................17 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati..................................................................17 KIRISH Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov 2013 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida tashqi qarz masalasiga toʼxtalib, jumladan, shunday dedilar: “oʼtgan yil yakunlariga koʼra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta oʼylab yondashish natijasidir1.Biroq, dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Masalan, 1930 yildan buyon amal qilib kelayotgan Hujjatlashtirilgan akkreditivlar boʼyicha xalqaro umumlashtirilgan qoidalarning (UCP 500) oʼrniga yangi UCP 600 qoidasi yuzaga keldi. Bundan tashqari, yevroning muomalaga kiritilishi xalqaro valyuta munosabatlari tarkibida yangi tarkibiy oʼzgarishlarning paydo boʼlishiga sabab boʼldi. Shuningdek, 2008 yilda yuz bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi derivativlarning xalqaro miqyosdagi harakatini tartibga solish mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Download 150.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling