Byujet hisobi va g`aznachilik


-jadval Jahon banki guruhi XVF bilan bir vaqtda tashkil etilgan


Download 150.61 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi150.61 Kb.
#1536620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI FINAL

2-jadval Jahon banki guruhi XVF bilan bir vaqtda tashkil etilgan.
Jahon banki guruhi quyidagi tashkilotlardan tashkil topgan:

  1. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB).

  2. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK).

  3. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRK).

  4. Investitsion kafolatlar bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (IKKTA).

  5. Investitsion munozaralami tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz (IMTXM).

XTTB faoliyatining maqsadlari:

  • qashshoqlik va ochlik muammosini hal qilish;

  • boshlang‘ich umumiy ta’limni ta’minlash;

  • erkaklar va ayollar o‘rtasidagi teng huquqlilikni ta’min­lash;

  • bolalar o‘limini kamaytirish;

  • OITS va boshqa kasalliklarga qarshi kurash;

  • ekologik barqarorlikni ta’minlash;

taraqqiyot yo‘lida global hamkorlikni shakllantirish XTTBning yirik aksiyadorlari bo‘lib quyidagilar hisob­lanadi:

  • AQSH - 16,41%

  • Yaponiya - 7,78%

  • Germaniya - 4,49%

  • Buyuk Britaniya - 4,31%

  • Fransiya-4,31%.

XTTBni Boshqaruvchilar kengashi boshqaradi. Boshqaruv- chilar kengashida har bir a’zo mamlakatning Moliya vazirlari yoki Iqtisodiyot vazirlari o‘tiradi. Ular har kuzda yig‘ilishadi.6
aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektoriga jalb etilayotgan investitsiyalaming barqaror oqimini rag‘batlantirish hisoblanadi.
XMK moliyaviy mahsulotlarining asosiy qismini kreditlar va investitsiyalar tashkil etadi.7
4.Respublika valyuta tizimi va uning elementlari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga asosan Respublika mustaqil o’z moliya-kredit tizimiga ega. Ushbu qonundan kelib
milly pul birligi “so’m”,ya’ni milliy valyutasi hamda valyuta tizimiga egadir.O’zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:
1) milliy valyuta va uning nomi;
2) milliy valyuta paritetini belgilash;
3) milliy valyutaning konvertatsiya shartlari,
4) milliy valyuta kursining rejimi,
5) xalgaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni chegaralash
(reglamentatsiya);
6) xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o`rtasidagi
nisbatni aniqlash;
7) mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);
8) milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatini rejimi,
9) valyuta cheklovlari;
10) valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlarni maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar yig’indisi, xalqaro valyuta-kredit
hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan
belgilanadigan valyuta mexanizmidir.Milliy valyuta va uning nomi- milliy valyuta tizimining asosi hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi.Xalqaro hisob-kitoblarda odatda xorijiy valyuta ishlatiladi, ya'ni mamlakatlarning erkin ayirboshlanadigan pul birliklari.Millily valyuta paritetini belgilash. Valyuta pariteti - bu, ikki o‘rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbatdir. Monometalizm(oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi bo'lib tanga pariteti hisoblangan Tanga pariteti- bu, turli mamlakatlar pul birliklarini o'zidagi sig‘imiga ko 'ra o zaro solishtirish. Tanga pariteti tushunchasi valyuta tushunchasi bilan mos keladi.Oltin monometalizmi davrida valyuta kursi oltin paritetigadi.Bunda valyutalar o'z zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo'yicha solishtirilar edilar. Bu sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida oltin nuqtalar chegarasida stixiyali asosda tebranar edi. Moliyaviy operatsiyalarning yangi turlarini paydo boʼlishi natijasida banklar kredit va toʼlov instituti sifatidagi anʼanaviy tarzda faoliyat yuritishi orqa fonga oʼtdi.Valyuta ayirboshlash operatsiyalarining ortishi xalqaro savdoning rivojlanishi bilan chambarchas bogʼliq boʼlsa-da, aslida kapital bozorining oʼsishi va pul mablagʼlarining erkin transchegaraviy harakati jahon valyuta bozori rivojlanishining asosiy omillariga aylandi.Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish masalalari davlat darajasida hal qilingan, hisob-kitoblar esa markazlashgan holda amalga oshirilgan rejali tuzum va markazlashgan iqtisodiyot barham topgach, yosh mustaqil davlatlar qatori Oʼzbekistonning oldida davlat boshqaruvi darajasidagi muammolar kabi jahon hamjamiyatiga
samarali integratsiyalashuviga xizmat qiladigan valyuta munosabatlarini shakllantirish masalasi ham yuzaga keldi.Valyuta munosabatlarini takomillashtirish va bozor islohotlarini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi bir qator yangi qonun, huquqiy va meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Bugungi kunga kelib valyutani tartibga solish sohasidagi islohotlar tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirishga qaratilgan. Bu esa jahon moliya bozoriga samarali integratsiyalashuvga koʼmaklashuvchi metodologik bazani yanada
takomillashtirishni taqozo etadi.Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
tartibini oʼrganish jarayonida tijorat banklari va valyuta bozoridagi faoliyatni tartibga solish mexanizmi toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida valyuta operatsiyalarining metodologik bazasini takomillashtirishga toʼsqinlik qilayotgan kamchiliklar aniqlandi. 2019 yilning 22 oktyabridagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘RQ-573-sonli qonunning yangi tahriri e'lon qilindi. Bu hujjatning uchinchi versiyasi bo‘ldi. Valyutani tartibga solish bo‘yicha birinchi xujjat 1993 yildan 2004 yilgacha, ikkinchisi – 2004 yildan 2019 yilgacha amal qilgan. Valyutani tartibga solishdagi asosiy islohotlar
sifatida quyidagilarni alohida ta'kidlab o‘tish zarur:

Download 150.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling