Byujet hisobi va g`aznachilik


Download 0.65 Mb.
bet5/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1347460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To\'xtamishov Hasan BBI-71 (2)

Valyuta kodi – bu dunyodagi valyutalar uchun umumiy qabul qilingan belgi bo‘lib, u uchta harfdan iborat bo‘ladi. Bu valyutalarni matnlar va elektron tabloidlarda qisqa va aniq aks ettirishni osonlashtiradi.
Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. Valyuta siyosatining asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va bankdan tashkil topadi. Mamlakatda Valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida Valyuta siyosatini xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy Valyuta siyosati va uzoq muddatli Valyuta siyosati kabi kurinishlari bor. Joriy Valyuta siyosatida valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli Valyuta siyosati valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.
Valyuta atamasi quyidagilarga nisbatan qo'llanishi mumkin:

  • Tovarlar qiymatini o'lchash uchun foydalaniladigan pul birligi;

  • Mamlakatda qabul qilingan pul birligi, xorijiy davlatlarning pul belgilari;

  • Muomala va to'lov ko'rinishidagi kredit vositasi (veksel, chek).

19-asrgacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush valyuta yoki bimetalizm pul tizimi keig tarkalgan edi. 19-asrdan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng b. mamlakatlarda oltin valyuta qoʻllanila boshladi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab, qogʻoz valyuta, yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknot va qogʻoz pullar harakterlidir. Ular inflyatsiyaga uchrab turadi, qadrsizlanadi, natijada davlat tomonidan devalvatsiya tadbirlari oʻtkaziladi (qarang valyuta kursi). Kursi barqaror valyutalar qadri baland valyutalar deyiladi. Valyutalar erkin almashtiriladigan (har qanday chet el valyutasiga cheklanmagan miqdorda almashtiriladi, har qanday mamlakatga erkin oʻtkaziladi), qisman almashtiriladigan (valyuta almashuvi u yoki bu egalar, u yoki bu valyuta harakatlari bilan chegaralanadi), almashtirilmaydigan (bir mamlakat doirasida amal qiladigan) turlarga boʻlinadi. Xalqaro toʻlov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valyuta fondi belgilagan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan valyuta bilan bajariladi. Xalqaro valyuta fondi AQSH dollari, Kanada dollari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar valyutalari, Shveysariya franki, Shvesiya, Yaponiya va b. bir qator davlatlarning valyutalarini har qanday mamlakatlar valyutasiga erkin almashtiriladigan valyutaga kiritadi.
Valyuta konversiyasi - bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir. Ushbu ayirboshlash boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish va xorijiy onlayn-do’konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi.
Valyuta ayirboshlash to’lovlarni jo’natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin. Chet el valyutasida to’lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiriting.



  1. Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling