Byujet hisobi va g`aznachilik


Tasvir Qiymati (soʻm)


Download 0.65 Mb.
bet7/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1347460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To\'xtamishov Hasan BBI-71 (2)

Tasvir

Qiymati
(soʻm)


Tarkibi

Diametr
(mm)


Qalinligi
(mm)


Ogʻirligi
(g)


Yoni

Chiqqan yillari



1

poʻlat,
nikel

19

1,3

2,7

qirrali

2000



5

poʻlat,
latun

21

1,4

3,44

tekis

2001



10

poʻlat,
nikel

19

1,3

2,85



50

poʻlat,
Cu/Ni

26

2,2

8

qisman
qirrali



100

27,1

1,8

8

tekis
Oʻzbekiston
markaziy banki

deb yozilgan

2004

3-chiqarilishi (2018-yil)


2018-yil 2-iyuldan muomalaga kiritilgan.

Tasvir

Qiymati
(soʻm)


Tarkibi

Diametri
(mm)


Qalinligi
(mm)


Ogʻirligi
(g)


Yoni

Chiqqan yillari



50

poʻlat,
nikel

18

1

2

tekis

2018



100

20

1

2,5

2018



200

22

1,1

3,3

2018



500

24

1,1

3,9

2018


2001-2019


Tasvir

Qiymat, soʻm

Oʻlcham, mm

Asosiy ranglari

Ort tomonidagi tasvir

Chiqarilgan sana

Old tomoni

Ort tomoni





1000

binafsha
jigarrang

Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent

2001








5000

yashil
jigarrang

Oliy Majlis binosi, Toshkent

2013








10 000

och koʻk

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosi, Toshkent

2017








50 000

binafsharang

Xalqaro anjumanlar saroyi, Toshkent

2017








100 000

och jigarrang

Old tarafda Mirzo Ulugʻbek haykali, orqa tarafda Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi

2019




Milliy valyuta tizimi bir qator bosqichlarni bosib oʻtgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganildi.


1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida maʼlum tajribaga ega boʻlish uchun “Soʻm-kupon” oʻtish valyutasi sifatida xizmat qildi. Ushbu yoʻnalishda yetarli tajriba toʻplangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi “soʻm” muomalaga kiritildi.
Dastlabki muomalaga chiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996-yillarda banknot va tangalarni tayyorlashning toʻliq siklini joriy etish maqsadida Markaziy bank qoshida “Davlat belgisi” korxonasi va uning tarkibida Qogʻoz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona tashkil etildi va oʻzimizda “pul ishlab chiqarish” yoʻlga qoʻyildi. Bu korxona hozirda “Davlat belgisi” DUK deb yuritiladi.
Milliy valyutamiz – soʻm mamlakatda mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar soʻmda toʻlana boshladi. Shu tariqa davlatning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi mustaqil pul-kredit siyosati shakllantirildi.
1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YeI valutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat korxonasida bosilmoqda. 
So‘m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e’tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me’moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me’moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me’moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan.
Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o‘lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o‘zgartirilgan. Old qismida O‘zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. Markaziy bank tomonidan turli yubiley sanalari va boshqa shaxslarga atab esdalik tanglari ham chiqarilgan. Jumladan, qimmatbaho bo‘lmagan metallar — nikel bilan qoplangan po‘latdan Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga atab 25 so‘mlik (1999), Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga atab 50 so‘mlik (2002), Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab ikki xil 100 so‘mlik (2009), O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga atab 500 so‘mlik (2011) esdalik tangalari katta tirajda chiqarilgan va real muomalaga ham kiritilgan.
2001 yilda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilliga atab 100 so‘mlik jyez tanga chiqarilgan;
Tilla qoplangan qimmatbaho bo‘lmagan metallardan ishlab chiqarilgan tangalar:
1994 — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan 1 so‘mlik tanga;
1994 — O‘zbekiston Mustaqilligining 3 yilligiga bag‘ishlangan 10 so‘mlik tanga;
1999 yilda chiqarilgan «Buyuk siymolar» seriyasidagi kumush tangalar (1999):
Ularning barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.
Tangalarda Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy, 
Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Amir Temur, Alisher Navoiy siymolari tasvirlangan. 
«O‘zbekiston mustaqilligiga 10 yil» seriyasidagi kumush tangalar (2001):
Bu tangalarning ham barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.
Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi fonida mash’ala ushlagan sportchi tasvirlangan.
14 iyundan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Ushbu banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.
Mustaqil O‘zbekistonning milliy valyutasi «so‘m»ning qog‘oz pullari 1994 yil 1 iyundan boshlab chiqarila boshlangan. So‘nggi 5 yil ichida yangi nominallar — 2 000, 10 000, 20 000, 50 000 hamda 100 000 so‘mliklar ham muomalaga kiritildi.
Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 5 so‘m bo‘lgan banknoti 142×69 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning markaziy qismida Buxoro shahridagi «Minorai Kalon» yodgorligining memoriy lavhasi tasviri ustida ko‘k rangda O‘zbekiston gerbi joylashgan. Uning orqa tomonida Toshkent shahrining Milliy bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan me’moriy-haykaltaroshlik kompozitsiyasi tasvirlangan.
Markaziy bankning 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so‘m bo‘lgan banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi oq qog‘ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonining markazida Samarqand shahridagi «Sherdor» madrasasining peshtoqidan asos qilib olingan quyosh ko‘tarib ketayotgan sher tasviri bor. Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan.
Markaziy bankning qiymati 500 so‘m bo‘lgan 1999 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi qog‘ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonining markazida ot minib turgan Amir Temurning haykali tasvirlangan Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan. Qolgan banknotalarning barchasi hozirda muomalada amal qilmoqda.
Markaziy bankning qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 2001 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o‘lchamdagi qog‘ozda tayyorlangan. 2013 yilning 1 iyulidan boshlab Markaziy bank qiymati 5000 so‘m bo‘lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqardi. Qiymati 5000 so‘m bo‘lgan pul biletlari 144×78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. 2017 yilning 10 martidan boshlab Markaziy bank qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqargan. 10 000 so‘mlik pul belgilari 144×78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling