C# da Satrlar C# tili Unicode


Download 40.79 Kb.
bet4/7
Sana01.09.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1672074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
C# da Satrlar

IndexOf va LastIndexOf metodlari orasidagi farqni quyidagi misol yordamida tushunish oson bo‘ladi.
string s1 = "Hello C#";
int first = s1.IndexOf('l');
int last = s1.LastIndexOf('l');
Console.WriteLine(first); // 2
Console.WriteLine(last); // 3
String turi obyektlari, satr uzunligi haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan Length xususiyatiga ham egadir. Satrning alohida simvolining mazmuniga ega bo‘lish uchun uning indeksidan foydalanish kerak.
Masalan,
string str = “test”;
Console.WriteLine (str [0]);
Natijada esa t simvoli bo‘ladi. Massivlarda satrning birinchi element indeksi 0 bo‘ladi. Ammo simvolni joylashtirish uchun indeksdan foydalanish yangi mazmundagi satr doirasida mumkin emas. Indeks faqat simvolga ega bo‘lish uchun ishlatilishi mumkin.
Satrlarni birlashtirish. Satrlarni birlashtirish yoki qo‘shish (+) operatsiyasi Concat metodi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin:
string s1 = "hello";
string s2 = "world";
string s3 = s1+" " + s2; // natija: "hello world"
string s4 = String.Concat(s3, "!!!"); // natija: "hello world!!!" satri
Console.WriteLine(s4);
Concat metodi bu ikkita satrni parametr sifatida qabul qiladigan String sinfining statik metodidir. Turli xil parametrlarni qabul qiluvchi, metodning boshqa versiyalari ham mavjud.
Satrlarni birlashtirish uchun Join metodidan ham foydalanish mumkin:
string s5 = "Milliy";
string s6 = "gvardiya";
string s7 = "millat";
string s8 = "manfaatlari";
string s9 = "himoyasida";
string[] qiymatlar = new string[] { s5, s6, s7, s8, s9 };
String s10 = String.Join(" ", qiymatlar);
// natija: "Milliy gvardiya millat manfaatlari himoyasida" satri
Join metodi ham statik hisoblanadi. Yuqorida qo‘llanilgan metodning versiyasi ikkita parametrni oladi: satr - ajratuvchi (bu holda bo‘sh joy (probel)) va ajratuvchi bilan ajraladigan yoki birlashadigan satrlar massivi.

Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling