C# da Satrlar C# tili Unicode


Download 40.79 Kb.
bet5/7
Sana01.09.2023
Hajmi40.79 Kb.
#1672074
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
C# da Satrlar

Satrlarni solishtirish. Satrlarni solishtirish uchun statik solishtirish metodi qo‘llaniladi:
string s1 = "hello";
string s2 = "world";
int result = String.Compare(s1, s2);
if (result<0)
{
Console.WriteLine("S2 satridan oldin s1 satr");
}
else if (result > 0)
{
Console.WriteLine("S1 satr s2 satrdan keyin turadi");
}
else
{
Console.WriteLine("S1 va s2 satrlari bir xil");
}
// Natija quyidagicha: " S2 satridan oldin s1 satr"
Compare metodining ushbu versiyasi ikkita satrni oladi va sonni qaytaradi. Agar birinchi satr alfavit bo‘yicha ikkinchisidan yuqorida tursa, unda noldan kichik son qaytaradi. Aks holda, noldan katta son qaytaradi. Agar satrlar teng bo‘lsa, unda 0 sonini qaytaradi.
Bu holda, h belgisi alfavit bo‘yicha w belgisidan yuqorida bo‘lganligi sababli, birinchi satr ham yuqorida bo‘ladi.
Satrda qidirish. IndexOf usuli yordamida biz bitta belgi yoki satrning satr ostisini birinchi paydo bo‘lish indeksini aniqlashimiz mumkin:
string s1 = "hello world";
char ch = 'o';
int indexOfChar = s1.IndexOf(ch); // 4
Console.WriteLine(indexOfChar);
string subString = "wor";
int indexOfSubstring=s1.IndexOf(subString); // 6
Console.WriteLine(indexOfSubstring);
LastIndexOf usuli shunga o‘xshash tarzda ishlaydi, u faqat satrda belgi yoki satr ostisining oxirgi paydo bo‘lishi indeksini topadi.
Satrlarni ajratish. Split() funksiyasi yordamida biz satrni satr ostilarga bo‘lishimiz mumkin. Split funksiyasi parametr va ajratuvchi vazifasi sifatida belgilar massivi yoki satrni qabul qiladi. Misol uchun, so‘zlarning sonini hisoblab, uni bo‘sh belgilar bilan ajratamiz:
string text = "Va nihoyat qish keldi";
string[] words = text.Split(new char[] { ' ' });
foreach (string s in words)
{
Console.WriteLine(s);
}
Natija:
Va
nihoyat
qish
keldi

Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling