C++ dasturi tarixi, alfaviti, asosiy tushunchalari, standart funktsiyalar


Download 0.81 Mb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1469042
1   2   3   4   5
Bog'liq
MPQ

Polimorfizm


Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashda qo'llaniladigan polimorfizmning maqsadi, sinf uchun umumiy bo'lgan harakatlarni belgilash uchun bitta nomdan foydala-nishdir. Har bir harakatning bajarilishi ma'lumotlar turiga qarab belgilanadi. Polimorfizmning afzalligi shundaki, u bitta interfeysdan foydalanib yagona harakatlar sinfini aniqlashga imkon berish orqali dasturlarni soddalashtirishga yordam beradi.

Inkapsulatsiya


C++ da ma'lumotlarni tashkil qilish klasslar orqali amalga oshiriladi. C++ klassi maydonlar, turlar va funktsiyalaridan iborat bo'ladi. C++ tilidagi inkapsulatsiya klass a'zolarining ta’sir doirasini belgilaydi: ular ommaviy, himoyalangan va xususiy bo`lishi mumkin.

Standart kutubxona


C ++ dasturlash tilida standart kutubxona sinflar va funktsiyalar to'plamini anglatadi. Standart kutubxona bir nechta asosiy konteynerlarni, ushbu konteynerlar bilan ishlash funktsiyalarini, ob'ektlarni, satr va oqimlarning asosiy turlarini, ba'zi til xususiyatlarini va amallarni bajarish uchun tez-tez ishlatiladigan funktsiyalarni o`z ichiga oladi. Masalan, sonning kvadrat ildizini topish. Standart kutubxonaning funktsional xususiyatlari std nomlar fazosida e'lon qilinadi.


C dasturlash tilidan dan farqli tomonlari:

  • ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llabquvvatlash;

  • andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash;

  • qo'shimcha ma'lumotlar turlari;

  • istisnolar;

  • nom maydonlari;

  • ichki funktsiyalar;

  • operatorning yuklanishi(peregruzka);

  • funktsiyalarning yuklanishi;

  • a xotirani erkin boshqarish operatorlari;

  • standart kutubxonaga qo'shimchalar.


Afzalliklari:

  • C tili bilan yuqori muvofiqlik

  • Hisoblash samaradorligi

  • Turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash.

  • Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi.

  • Ortiqcha yuklangan operatorlar

  • shablonlar

  • To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi.

  • C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud

Kamchiliklari:

  • Noto'g'ri ishlab chiqilgan sintaksisning mavjudligi tilning qo'llanilishini pasaytiradi • Til ko'p muhim xususiyatlarga ega emas.

  • Dasturchilar uchun unumdorligi ancha past

  • Noqulay sintaksis

  • Og'ir meros

  • Xotirani kuzatib borish zarurati

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling