C++ dasturlash tili Mavzu: Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumotlar
Download 50 Kb.
|
c 1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma‘ruza bayoni
- Quyi darajadagi. O’rta darajadagi. Yuqori darajadagi
C++ dasturlash tili Mavzu: Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumotlar. C ++ dasturlash tili va muhiti. C++ dasturlash tili to’g’risida umuniy ma’lumotlar. C++ tilining alfaviti va asosiy elementlari. Reja: 1. Dasturlash tillari va ular to’g’risida umumiy ma’lumotlar. 2. C++ tili va uning leksik asoslari, dastur tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. 3. C++ tili alfaviti, leksimalar, identifikatorlar va kalit so’zlar. Ma‘ruza bayoni Biz axborot, kod, kompyuter, blok- sxema, algoritm, ijrochi va boshqa tushunchalarni o’rgandik. Bo’lar masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalarni o’rgandik. Bo’lar masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo’ladigan tushunchalardir. Ammo kompyuter bilan muloqot qilish uchun, bo’lardan tashqari, kompyuter “tilini” ham bilishimiz talab qilinadi. Biror masalani kompyuterda hal qilish uchun, avval, uning algoritmini tuzishimiz, so’ng bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun qoidalar asosida yozishimiz lozim bo’ladi. Bu yozuv dastur deb ataladi. Shunday qilib, dastur biror masalani yechishda kompyuter bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Kompyuter tushunadigan “til” dasturlash tili deb ataladi. (Eslang: algoritm ijrochisining ko’rsatmalar tizimi. Bu yerda kompyuter ijrochi sifatida qatnashmoqda.) Hozircha yaratilgan dasturlash tillarini, ulardagi ko’rsatmalar, qonun qoidalarga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin: Quyi darajadagi. O’rta darajadagi. Yuqori darajadagi. Quyi darajadagi dasturlash tillari da ko’rsatmalar raqamlar yordamida beriladi. Barcha amallar ma’lum raqamlar bilan ifodalangan bo’lib, ular mashina qurilmalari adreslar bilan bevosita ishlashga mo’ljallangan. Bu tilda dastur tuzuvchi amallarning sonli ifodasi va adreslarni puxta bilishi kerak . O’rta darajadagi dasturlash tillarida ko’rsatmalar sifatida inson tiliga yaqin bo’lgan, ammo qisqartirilgan holda ishlatiladigan so’zlar tanlanadi. Bunda ham dasturchi adreslar bilan ishlashi lozim. Qisqartirilgan ko’rsatmalar mnemokodlar, bu turdagi dasturlash tillari esa assemblerlar deb ataladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridagi ko’rsatmalar inson tiliga yaqin bo’lgan so’zlardan iborat. Ularda amallarni bajarish avvalgilardan oson bo’lib, dasturchi, biror maxsus amal bo’lmasa, adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog’liq ko’rsatmalarni bilmasligi ham mumkin. Kompyuter amallarni bajarish uchun ularni raqamli ko’rinishga keltirish kerak bo’ladi. Bu vazifani translyatorlar deb nomlanadigan maxsus dasturlar bajaradi. Translyatorlar dasturlashtilida yozilgan dasturlarni mashina tiliga tarjima qiladi. Ular 2 xil bo’ladi: interpretator va kompilyator. Keyingi yillarda juda ko’p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilganligi sizlarga ma’lum. Ular qatoriga Paskal, Simula, dBasse, KARAT, Si va boshqa tillarni kiritish mumkin. Dasturlash tillarining ko’payib borayotganligiga qaramay, har bir dasturlash tilining o’z maqsadi, vazifasi va qo’llanish sohalari bor. Masalan, hisoblashga bog’liq masalalarni yechish uchun Paskal, Fortran, belgili ma’lumot va ro’yxatlarni qayta ishlash uchun LISP, matnli ma’lumotlar bilan ishlash uchun SI, muloqot uchun Beysik Paskal, iqtisodiy masalalarni yechish uchun dBasse, Kabol va ro’yxatlarni qayta ishlash uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling