C guruh talabasi valiyev zikirjon mavzu: Harakatga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. Reja


Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin


Download 34.4 Kb.
bet3/4
Sana19.10.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1710149
1   2   3   4
Bog'liq
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.

Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

  • Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:


  • 1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).


  • 2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).


  • 3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).


  • Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.


  • Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.


  • O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.


  • Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.


  • Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.


Kuch va tezlik aloqadorligi.

  • Agar qo`ldan uchib chiqish tezligini ham, bunda namoyon bo`lgan mexanik kuchni ham har xil qilib, turli og`irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik o`zaro teskari nisbatda bo`ladi: tezlik qanchalik yuqori bo`lsa, namoyon bo`lgan kuch shunchalik kam bo`ladi va aksincha.


  • Tezlik-kuch (dinamik kuch) qobiliyatlari – tezkor harakatlarda.


  • Tezlik-kuch qobiliyatlari qarshilikni yenguvchi va yon beruvchi (amortizasion) kuch turlariga bo`linadi.


  • Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan, sport ustalari va sport bilan endigina shug`ullana boshlaganlarning turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak, sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon etishlariga ishonch hosil qilamiz.


  • Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining bir kilogrammiga to`g`ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Kishi biror-bir harakatda o`z og`irligidan qat’i nazar namoyon qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch, masalan, dinamometr ko`rsatkichlari, ko`tarilgan shtanganing chegara darajasidagi og`irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi mumkin.


  • Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarning vazni og`irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi, nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya’ni uning chiziqli o`lchamlari kubiga to`g`ri nisbatda bo`ladi; kuch esa fiziologik ko`ndalang kesim, ya’ni chiziqli o`lchamlar kvadratiga to`g`ri nisbatdadir. Gavda o`lchamlari oshib borishi bilan kishining vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.



Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling