C guruh talabasi valiyev zikirjon mavzu: Harakatga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. Reja


Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari


Download 34.4 Kb.
bet4/4
Sana19.10.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1710149
1   2   3   4
Bog'liq
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.

Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.

    • Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:




    • Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni (giralar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
    • Individning o‘z tanasi og`irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda muskullar guruhiga ta’sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik  kuch talab qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa ogirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil (statik holat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni soglom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.




XULOSA
Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini kamol toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Jismoniy tarbiya va sport insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport darslarini samaradorligini ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy KIRISH 4 sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Hozirda ayniqsa, bolalarni go‘daklikdan boshlab ommaviy va mustaqil jismoniy mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‘lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Ushbu darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushinchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan
Foydalanilgan adabiyotlar:
      • 1. Абдуллаев А. Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти. Олий ўқув юртлари учун дарслик. ЎзДЖТИ нашриёт матбаа бўлими 2005 йил.


      • 2. Саломов Р.С. Спорт машғулотларининг назарий асослари. –Т., 2007.


      • 3. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. ФиС. 1995.


      • 4. Саломов Р.С. Спорт машғулотларининг назарий асослари. –Т., 2007.


      • 5. Верхошанский Ю.В. Спортчининг махсус жисмоний тайёргарлигини асослари. –М.: Жисмоний тарбия ва спорт, 1988. -331 б.


      • 6. Иванков Ч.Т. Теоретические основы методики физического воспитания. – М.: «Инсан», 2000. 353 с.


      • 7. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. –М., 1991. -544 б.


      • 8. Саломов Р.С. Спорт фаолиятининг назарий асослари. –Т., 2005.


      • 9. Юнусова Ю.М. Теория и методика физической культуры. Учебное пособие для студентов высшых учебных заведений. –Т.: «Иқтисод молия», 2007.



Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling