xalq turmushini kuylabgina qolmasdan, k o ‘pincha o ‘sha bevosita
muhitda tug‘ilgan ham edi. Venalik romantikning dahosi aynan xalqona
maishiy
janrlarda
nam oyon
boMdi.
Frans S h u b ert
1797 yild a V ena y a q in id a g i L ixtental degan
joyd a d u n yoga k elgan. Otasi maktab o ‘qituvchisi b o‘lib, dehqon
oilasidan kelib chiqqan edi. Onasi esa chilangam ing qizi b o‘lgan. Oilada
musiqani sevishardi, doim iy ravishda musiqa oqshomlarini tashkil etib
turishgan. Otasi violonchel, akalari turli xil m usiqa cholg‘ularini
chalishgan.
Yosh Fransdagi
musiqiy qobiliyatni sezgan ota va akasi -
Ignats unga skripka va fortepiano chalishni o ‘rgatishadi.
Tez orada
bolakay alt partiyalari ijrosi bilan oilaviy torli asboblar
kvartetida
ishtirok eta boshlaydi. Fransning g o ‘zal va yoqim li tovushi ham bor edi.
U cherkov xoriga qatnashar, u yerda murakkab yakkaxon partiyalami
ijro etardi. Ota o ‘giln in g muvaffaqiyatlaridan xursand boMardi. Frans
o kn bir yoshga toMganda uni konvikt - cherkov q o ‘shiqchilarini
tayyorlash maktabiga berishadi.
O'quv yurtidagi sharoit boladagi m usiqiy qobiliyatning rivojlanishi
uchun qo4 keldi. Maktab o ‘quvchilari orkestrida u birinchi skripkachilar
guruhida chalar, gohida esa drijyor vazifasini ham ado etardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Orkestming repertuari juda xilm a-xil edi. Shubert turli janrlardagi
simfonik asarlar (simfoniyalar, uvertyuralar), kvartetlar, vokal asarlari
bilan tanishadi. U d o‘stlariga Motsartning sol minor sim foniyasi
hayajonga solganini e ’tirof qilgan. Unga B etxoveilning musiqasi yuksak
Do'stlaringiz bilan baham: |