C h e t e L m u s I q a t a r I x I
Listning dasturiylikka m unosabati
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)
Listning dasturiylikka m unosabati
progressiv hodisa edi. List o 'z san’ati bilan uni qadrlaydiganlaming tor doirasi bilan chekalanmay tinglovchilaming keng ommasi bilan so'zlashishishni istardi. Katta fikrlar va tuyg'ulami gavdalantirishga harakat qilib, u ko'pincha abstraksiya, noaniq falasafa so'qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o'z asarlarining ta'sir doirasini cheklab qo'yardi. Lekin ulaming eng yaxshilarida dastuming bunday umumiy noaniqligi va noravshanlik yengib o'tilardi: List yaratgan musiqa namunalari aniq va tushunarli, mavzusi ta'sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy tendensiyalar Listning ko'plab transkriptsiyalarida ko'zga tashlanadi, www.ziyouz.com kutubxonasi negaki ular opera va romanslaming aniq syujeti bilan bevosita bog‘liq. L in in g vengr xalq hayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari ham dasturiy hisoblanadi. Listning dasturiyligi Berlioznikidan farq qiladi. Agar Berlioz simfoniyasida musiqada syujetning ketma-ket rivojlanishida aks etuvchi bayoniy syujet xarakteri mavjud bo'lsa, Listni ko'proq asosiy poetik g'oyaning umumlashgan musiqiy gavdalanishi qiziqtiradi. O ’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirdi; bir vaqtning o'zida u garmoniya sohasida novatorga aylandi. List «simfonik poema» janri va «monotematizm» deb ataluvchi musiqiy rifojlanish , * usullaming yaratuvchisi bo'lib hisobolangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki List genial pianinochi bo'lgan va tarixda ungayetadigani bo'lmagan. Hayoti. Ferens List 1811 yil 22 oktyabrda Doboryan qishlog'ida (Vengriya) dunyoga kelgan. Bolaligida lo'lilar qo'shig'i va vanger dehqonlaming quvnoq qo'shiqlariga maftun bo'lib qolgan. Listning otasi, graf Esterxazining katta yer-mulkida boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo‘lgan va o'g'lining musiqaga qiziqishini rag'balantirardi; aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o'rgatgan. 9 yoshligida Ferens qo'shni Shoprone shaharchasida o'zining birinchi konsertini beradi. Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi; bolakayning chalishi graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar uning keyinchalik musiqiy ta’lim olishi uchun pul to lash istagini bildirishdi. Ferensni Venaga yuborishdi, u yerda www.ziyouz.com kutubxonasi kompozitsiyani A. Salyeridan va fortepianoni Yevropaning virik pedagogi K. Chernidan o'rgandi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling