C h e t e L m u s I q a t a r I x I
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Chet el musiqa tarixi (R.Qodirov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- FERENS (Frants) LIST (Liszt)
Fortepiano uchun
Mazurkalar (80 ga yaqin) Polonezlar (20 ga yaqin) www.ziyouz.com kutubxonasi Noktyumlar (20 ga yaqin) Etyudlar (hammasi 27 ta) Ekapromtlar (hammasi 4 ta) Valslar (hammasi 15 ta) Prelyudiyalar (hammasi 25 ta) 24 ta prelyudiyalar op. 28 Prelyudiya cis-moll op. 45 Skerso (hammasi 4 ta) Balladalar (hammasi 4 ta) Sonatalar (hammasi 3 ta) Fortepiano uchun orkestr jo'rligidagi cholg'u asarlar KONSERTLAR Op. 21 f-moll Op. 11 e-moll Op. 14 Rondo a la krakowiak (1825) Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829-1830) Op. 22 Katta mohirona polonez (1830-1843) “Don Juan” operasi mavzusiga variatsiyalar” op. 2 (1827) www.ziyouz.com kutubxonasi FERENS (Frants) LIST (Liszt) (1811-1886) Ferens List - buyuk vengr bastakori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojida katta rol o'ynagan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo'ldiki, u Vengriyani erta tark etdi va umrining ko'p yillarini Fransiya va Germaniyada o'tkazdi. Bu bastakor dunyoqarashining murakkabligi, uning Fransiya, Germaniya musiqiy madaniyatiga katta ta'sirini va Vengriya musiqa san’ati rivoji tarixiga qo'shgan hissasiga sabab boMdi. List doimo o'zining vengr ekanligini ta'kidlagan. U o'z xalqi, o 'z vatani bilan faxrlangan va eng jiddiy yo'l bilan vengr musiqa madaniyatini qo'llab-quvvatlar va rivojlantirishga harakat qilgan. O 'z hayoti davomida vengr tematikasiga murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Vengr uslubidagi qahramonlik marsh», «Vengriya» kantatasi, bir nechta «Vengr milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari bilan bog'liq uchta simfonik poema, («Qahramonlar haqida girya», «Vengriya», «Gunnlar jangi», xalq ohanglarining erkin ishlangan shakli bo'lib hisoblanuvchi vengr rapsodiyalari, Vengriya mashhur arboblarining www.ziyouz.com kutubxonasi (Sh.Petefi, M.Vereshmarti) musiqiy xarakteristkasidan iborat «Vengr portretlari» fortopiano uchun mo‘ljallangan qo'shiqlar turkumi. Vengr mavzulari Vengriya uchun puflab chalinadigan asboblar uchun maxsus yozilgan asarlarida ham bor: «Gran ibodati», «Muqaddas Yelizaveta haqida afsona», «Vengr toj kiyish marosimi messasi». Listning Vengriya bilan qalin aloqalari haqida uning vengr lo'lilari musiqasi haqidagi kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasiining birinchi prezidenti etib tayinlashi (1875) haqidagi dalil guvohlik beradi. List - musiqadagi romantizmning eng yorqin namoyondasidir. Turli g'oyaviy ta‘sirlarni, jumladan, butun ziddiyatlari, uning ijobiy va salbiy yo'nalishlari bilan romantik estetikaning ta’sirini boshidan o'tkazgan edi. Listning o'zi ham ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama- qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishda ko^rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalami bajarishda reallikdan uzoqlashish namioyon bo'ladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling