C hinoz tumanixalq ta’limi bo‘limi tasarrugidagi 5-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining buyrug‘I


Download 25.81 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1134471
  1   2   3   4
Bog'liq
CHINOZ TUMANIXALQ TA



C
HINOZ TUMANIXALQ TA’LIMI BO‘LIMI TASARRUGIDAGI 5-SON UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING

BUYRUG‘I


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-martdagi 150-sonli
qarori ijrosini ta’minlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-mart ““Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-150-sonli qarori va shu asosdagi Chinoz tumani Hokimining 2022 yil 31- martdagi № 133-10-144-Q/22-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Buyuraman :

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12-sentabrkungi 203-son buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Mazkur qaror bilan :

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining :

  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati (keyingi o‘rinlarda “Vatan tayanchi” harakati) tashkil etish;

  • tuman Mudofaa ishlari bo‘limlarida bo‘lim boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berilganligi;

quyidagilar “Vatan tayanchi” harakatining asosiy vazifalari etib belgilanganligi:

  • o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash;

  • erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeni egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qilishga qodir, mamlakatning xalqi va o‘z oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;

  • o‘quvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryadlar atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy vatanparvarlik, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, o‘quvchilarda

o‘qish va intizom bo‘yicha yuqori natijalarga erishishda ishtiyoqni uyg‘otish hamda ularga o‘rnak bo‘lish uchun faol harakat qilish;



  • o‘quvchilarni odob-axloq, Vatanga sadoqat va o‘ziga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash, o‘qish, intizomi va jismoniy ko‘rsatgichlari past o‘quvchilarga yuqori natijalarga erishishda ko‘maklashish;

  • o‘quvchilarni turli xil xavfli g‘oyalar, va tashqaridan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish:


Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling