C++ Kirish
Assalomu alaykum hurmatli dasturchi. Bugun siz bilan C++ dasrini boshlaymiz! C++ dasturlash tili orqali Siz Kompyuterlar uchun Android uchun va Arduino uchun dastur kod yozsangiz bo'ladi. C++ dasturlash tili ko'rinishdan juda sodda va tushunishga osonroq dasturlash tillari sirasiga kiradi.
Nima uchun C ++ dan foydalanish kerak
C++ dasturlash tili dunyo bo'yicha keng foydalanib kelinayotgan dasturlash tili hisoblanadi.
C++ Barcha Grafik Interfeys ga ega Operatsion Sistemalarda uchratish mumkin.
C++ Bu obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili hisoblanib. Tuzilgan dasturni osonlik bilan o'zgartirish imkoniyati mavjud.
C++ - Qiziqarli va o'rganishga juda oson.
C++ - Ko'chma va bir nechta platformaga moshlashtirilishi mumkin bo'lgan dasturlar yaratsangiz bo'ladi.
C++ - C# va Java dasturlash tiliga yaqin bo'lgan dasturlash tili bo'lganligi sababli almashtirish juda oson.
C++ dasturlash tili 1985 - yilda Bjarne Stroustrup tamonidan asos solingan. C dasturlash oilasiga mansub hisoblanadi.
Fayl kengaytmalari: .cc, .cpp, .cxx, .c++, .h, .hh, .hpp, .hxx, .h++
Website: isocpp.org
C++ Dasturlash tilida yozilgan Dasturchilarni eng sevimli so'zi "Hello World" yozishni ko'ramiz.
C ++ nima?
C++ - bu yuqori samarali dasturlarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan o'zaro faoliyat platforma tili hisoblanadi.
C++ - bu C tilining kengaytmasi sifatida Bjarne Stroustrup tamonidan ishlab chiqilgan.
C++ - Dasturchi uchun xotirani boshqarish. Unumli foydalanish imkoniyatini beradi!
#include
using namespace std;
int main() {
cout << "Hello World!";
return 0;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |