C++ tilida dasturlash asoslari Информатика кафедраси доценти А. Джайлавов


Download 70.51 Kb.
Sana25.08.2020
Hajmi70.51 Kb.
#127632
Bog'liq
C tilida dasturlash asoslari

C++ tilida dasturlash asoslari

Информатика кафедраси доценти А.Джайлавов

2011 йил

C / C++ tilining alifbosi: 1. 26ta lotin bosh va kichik harflari; 2. 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar; 3. Mahsus belgilar (klaviaturadagi barcha simvollar)

Dastur bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o’zgartira oladigan kattalikka o’zgaruvchi deyiladi. O’zgaruvchi nomlari xarflar yoki xarf+raqamlardan iborat bo’lishi mumkin. Diqqat! C/C++ tilida katta va kichik xarflarning farqi bor. Masalan: a; A; ff12; alfa; gamma13; Gamma13;

O’zgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Butun tipli sonlar. Masalan: 5; 76; -2024; 2. Butun tipli 8 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol)dan boshlanadi va 0 dan 7 gacha bo’lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: a=045327; C=077; a=0786; 3. Butun tipli 16 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol) va x yoki X dan boshlanadi va 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar va a-f yoki A-F harflardan tashkil topadi. Masalan: a=0x16; c=0X1234;

4. Haqiqiy tipli sonlar. Ular nuqta bilan yoziladi. Masalan: 8.1; -12.59; 0.00761; 5. Juda katta yoki juda kichik haqiqiy sonlar e formada yoziladi. Bu formada mantissa va tartibi bir qator qilib tashkil etiladi. Masalan: 0,0000076 = 0,76·10⁻⁵ = 0.76e-5; 580000000 = 58∙10⁺⁷ = 58e+7; Bu erda: 0.76 va 58 sonlari mantissa, -5 va +7 sonlari tartibi deyiladi.

C/C++ tilida o’zgaruvchilarni ishlatishdan oldin albatta e’lon qilinishi shart. O’zgaruvchilarning quyidagi tiplari ishlatiladi: 1. char – simvolli o’zgaruvchilar uchun. Masalan: char x, y, z; Simvolli o’zgaruvchilar ‘ ‘ ichida yoziladi va ASCII kodlariga mos keladi (American Standart Code for Information Interchange). Xotiradan 1 bayt joy oladi. Masalan: x=‘a’; y=‘6’; z=‘*’;

2. int – butun tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 2 bayt joy oladi. Masalan: int x, y, c; Butun sonlar -32768 dan +32767 gacha qabul qilinadi. 3. long – butun tipli katta sonlar uchun. Xotiradan 4 bayt joy oladi. Masalan: long a1,A1; Katta butun sonlar -2147483648 dan +2147483648 gacha qabul qilinadi.

4. float – haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 4 bayt joy oladi. Masalan float x, y, z; Haqiqiy sonlarning qabul qilish chegarasi: -10⁺³⁸ dan + 10⁺³⁸ gacha

5. double - katta yoki kichik qiymatli haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 8 bayt joy oladi. Masalan: double a1, a2, a3; Sonlarni qabul qilish chegarasi: -10⁻³⁰⁴ dan +10⁺³⁰⁴ gacha

6. long double – juda katta yoki juda kichik qiymatli haqiqiy tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 10 bayt joy oladi. Masalan: long double a1, a2, a3; Sonlarni qabul qilish chegarasi: -10⁺⁴⁹³² dan +10⁺⁴⁹³² gacha

C/C++ tilida o’zgaruvchilarni inisalizasiya qilish mumkin. Inisalizasiya qilish – bu o’zgaruvchilarni e’lon qilinganda unga qiymat ham berishdir. Masalan: int a=5, s, b=-1001; float g=0.236, alfa=3.1415;

C/C++ tilida standart funksiyalarining yozilishi:


Funksiya

Yozilishi

Funksiya

Yozilishi

Sin x

sin(x)

sqrt (x); pow(x,1/2.)

Cos x

cos(x)

abs(x); fabs(x)

tg x

tan(x)

arctan x

atan (x)

ln x

log(x)

pow(x, 2/3.)

lg x

log10(x)

log 2 x

log(x)/log(2)

pow(x,a)

e

exp(x)

Мasalan: → (-b+sqrt(b*b-4*a*c))/(2*a); → exp(sin(x))+pow(tan(x+3),2) sqrt(a*a+b*b-2ab*cosɣ) sqrt(a*a + b*b - 2*a*b*sin(gamma))


Download 70.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling