Cad cae cam faniga kirish va uning asosiy tushunchalari


Download 4.74 Mb.
bet1/2
Sana16.11.2023
Hajmi4.74 Mb.
#1781590
  1   2
Bog'liq
1. CAD,CAE,CAM tizimi va uning imkoniyatlari. (2)

1 – MA’RUZA


CAD CAE CAM faniga kirish va uning asosiy tushunchalari. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining dasturiy ta‘minoti tizimlari haqida ma’lumot va ularning turlari. CAD CAE CAM ning imkoniyatlari.
Reja:

  1. CAD,CAE,CAM tizimi haqida ma’lumot.

  2. Avtomatik loyihalash tizimi strukturasi.

  3. CAD tizimining vazifalari.

  4. CAE tizimining vazifalari.

  5. CAM tizimining vazifalari.

Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarishda unga, mahsulotning bozorga chiqarish vaqtining qisqa, mahsulot tannarxining kam va sifatining yuqori bo’lishi kabi asosiy talablar qo’yiladi. Bu talablarni CAD/CAE/CAM texnologiyalarini keng miqiyosda qo’llamasdan turib amalga oshirishning iloji yo’q.


Mashinasozlik sohasida - avtomatik loyihalash tizimi (ALT) tushunchasi odatda, CAD/CAE/CAM tizimlariga nisbatan qo’llanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab - chiqarish va muxandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi.
Hozirgi kunga kelib dunyodagi deyarli barcha katta korxonalar uz ishlarida kompyuter texnikalari imkoniyatlaridan keng foydalanmokdalar, qaysiki CAD, CAE, CAM tizimi yordamida. Bu tizim uz zimmasiga kuyidagi vazifalarni oladi:

  • Zamonaviy loyixalash metodlarini, ya’ni kup variantli loyixalash metodlarini kullash va effektiv variantlarni kidirish va karor kabul kilishni optimallashtirish;

  • Loyixalovchi muxandisning ijodiy mexnati xissasini oshirish;

  • Loyixalash xujjatlarini sifatini oshirish;

  • Loyixani ishlab chikish jarayonini boshkarishni zamonaviylashtirish;

  • Elektron hisoblash mashinalari yordamida sinov ishlarini mukammal va qisqa muddat ichida amalga oshirish.

  • Tekshirish ob’yomini kamaytirish va mukammal namunaga erishish uchun loyixa karorini etarli darajaga oshirish, shu bilan birga vakt sarfini kamaytirish,
    - Xozirgi kunda avtomatik loyixalash tizimi doirasida texnik tizim xolati ancha murakkablashdi.1

Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo bo’lgan. Aynan shu vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi.


Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, Pro/Engineer, Solid Edge va h. k.
Shu CAD/CAE/CAM komplekslari orasida Solid Edge ST mexanik detallar va konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo’ljallangan funksional modullardan tashkil topgan dasturlar to’plamidir.
Solid Edge ST6 dasturlar to’plami bir qancha qulayliklarga ega hususan:
Loyihalash jarayonining turli bosqichlarida yagona elektron modeldan foydalanish mumkin
Qattiq jismlarni modellashtirishda variatsion texnologiyani qo’llash mumkin
Loyihalash jarayonida chekli elementlar usulidan foydalanib hisoblash va taxlil etish imkoniyati mavjud.2
Boshqa turdagi ALTlar bilan modellarni almashinuv imkoniyati mavjud.


Download 4.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling