CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet23/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Kiyim-bosh
Qo’lqop
(Rus xalq ertagi)
Bobo o’rmondan o’tib ketayotgan ekan, ketidan kuchukchasi ergashibdi. Bobo ketaveribdi, bir mahal yo’lda ko’lqopi tushib qolibdi.
Bir sichqon yugurib kelib, qo’lqop ichiga kirib olibdi.
- Endi men shu yerda yashayman! - debdi u. Shu vaqg sakrab-sakrab, qurbaqa kelib qolibdi:
- Bu qo’lqopda kim yashaydi! - debdi u.
- Kumur-kumur sichqonboy yashaydi. O’zing kimsan?
- Vaqir-vuqur qurbaqaman, menga ham joy ber!
- Kela qol.
Endi ular ikkovlashib yashay boshlashibdi. Ko’lqop yoniga yugurganicha quyonvoy yetib kelibdi.
- Bu qo’lqopda kim yashaydi?
- Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa yashaydi. O’zing kimsan?
- Shalpangquloq quyonman. Meni ham kiritinglar!
- Kela qol.
Endi ular uchta bo’lishibdi. Zing’illagancha tulki yetib kelibdi:
- Bu qo’lqopda kim yashaydi?
Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa, shalpangquloq quyonvoy, o’zing kimsan?
- Tulkinisa bo’laman. Meni ham kiritinglar!
Shu bilan endi ular to’rtta bo’lishibdi. Bir mahal qarashsa, qo’lqop tomonga Bo’rivoy yugurib kelib qolibdi.
- Bu qo’lqopda kim yashaydi?
Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa shalpangquloq quyonvoy va tulkinisa, o’zing kimsan?
- Bo’rivoyman. Meni ham kiritinglar!
- Ha, kela qol!
Bo’ri ham kiribdi, endi ular beshta bo’pishibdi. Shunda birdaniga allaqayokdan so’yloq tish to’ng’iz kelib qolibdi:
- Xur-xur-xur, qo’lqopda kim yashaydi?
- Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa, shalpangquloq quyonvoy, tulkinisa va bo’rivoy. O’zing kimsan?
- So’yloq tish to’ng’izman, meni ham kiritinglar!
- I xolos, hammaning ham qo’lqopga kirgisi kelaver ekan-da. Sig’maysan, axir!
- Bir iloj qilib sig’ib qolarman, kiritinglar!
- Nima ham derdik, kira qol! U ham kirib olibdi. Endi oltita bo’lishibdi.
Ular shunday siqilib qolishibdiki, hatto qimirlashning iloji yo’q ekan. Shu vaqt daraxt shoxlarini qarsillatib, o’rmondan ayiq polvon chiqib qolibdi. U ham qo’lqop yoniga kelibdi-da:
Bu qo’lqopda kim yashaydi? - deb bo’kiribdi
Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vuqur qurbaqa, shalpangkulok kuyonvoy, tulkixon, bo’riboy, so’yloq tish to’ng’iz. O’zing kimsan?
- Xo’-xo’-xo’, ancha-muncha ekansizlar-ku! Men ayiq polvon bo’laman, meni ham kiritinglar. O’zimiz sig’mayapmiz-ku, seni qayerga kiritamiz?
- Bir ilojini qilinglar!
- Ha, mayli, nima ham derdik, bir chekkaga kela qol!
U xam kiribdi, yettita bo’lishibdi, qo’lqop yorilay- yorilay deb arang turganmish.
Bir vaqt bobo qarasa, qo’lqopi yo’q. Qidirib topay deb orqasiga qaytibdi. Kuchukchasi oldiga tushib yuguribdi. U yugurib ketaveribdi. Bir mahal qarasa, qo’lqop yerda yotganmish, o’zidan-o’zi qimirlar emish. Kuchukcha buni ko’rib:
- Vov, vov, vov! - deb huribdi.
Ko’lqop ichidagilar qo’rqib ketibdi, yugurib chiqib, o’rmonga qarab qochishibdi. Bobo kelib, qo’lqopini olib ketibdi.

Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling