CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalikning uyi Zuxra Ro’ziyeva
- Topishmoqlar
Bog’cha bola
M. Murodov Oyisi bog’chaga yetaklab borib, ishiga ketayotganda Shukurjon yig’lab qoldi. Kichik guruh tarbiyachisi Mo’tabar opa uni zo’rg’a ovutdi. Shkaflariga terib qo’yilgan o’yinchoqlarni, oppoq choyshablar to’shalgan karavotlarni, arg’imchoq va boshqa narsalarni ko’rsatdi. Shukurjon avvaliga tortinib turdi, keyin qum o’ynayotgan bolani ko’rib, yugurganicha uning oldiga bordi-da, kurakcha bilan qum olib, o’yinchoq yuk mashinani to’ldira boshladi. Shu payt Mo’tabar qo’llarini yuvdirib, arttirdi. Shukurjon durustroq yuvina olmagan edi, Mo’tabar opa Yordamlashdi. - Voy anavi bolani, o’zi yuvinmas ekan, dedi Karima boshka bolalarga ko’rsatib. Keyin yemakxonaga kirishdi. Pastgina stollar yonidagi kichik-kichik stulchalarga o’tirishdi. Oshpaz xola juda xam mazali shirguruch pishirgan ekan. Hamma bolalar qo’llariga koshikni olib, shirguruchni yeya boshlashdi. - Sen nega yemay o’tiribsan? - deb so’radi Mo’tabar opa Shukurjondan. - Ko’ylagimga tomib ketadi, - dedi Shukurjon labini cho’chchaytirib. - Uyda nima qilarding? - Uyda oyimla... - dedi Shukurjon. Buni eshitib, xamma bolalar kulib yuborishdi. Karima qammadan ko’prok kuldi. Mo’tabar opa Karimaga qaradi: - Karima, kulma, yaxshi emas. Birinchi kuni kelganingda sen xam bilmasding, esingdami? Mo’tabar opa Shukurjonga qoshiq ushlashni, ovqatni taksimchadan qanday qilib olishni ko’rsatdi. Uning ko’llarini to’g’rilab turdi. Oxiri: - Endi sei bog’cha bolasi bo’lding. Ovqatni o’zing yeya bilishing kerak. O’rtoqlaringni ko’rdingmi, sendan kulishyapti, - deb ko’ydi. Oradan ikki-uch kun o’tdi. Buvisi endi ovqatni suzib dasturxonga keltirib ko’yganda, Shukurjonning oyisi ishdan keldi. U darrov yuvinib-artinib, Shukurjonni o’pdi-da. unga ovkagini yedirib ko’ymoqchi bo’ldi. - O’zim, - dedi Shukurjon ko’lini koshiqqa cho’zib. - Hamma yog’ingga tomizasan, - dedi onasi. - Yo’q - Shukurjon ovkatni yeb bo’lganda ko’ylagida bitta ham dog’ ko’rinmadi. - O’zim aylanay sendan, - dedi onasi. – Katta bola bo’lib qolibsan! – Shukurjon mag’rur javob qaytardi: - Endi men bog’cha bolasiman. Bolalikning uyi Zuxra Ro’ziyeva Siz bizning bog’chamizga kelganmisiz? Kelmagan bo’lsangiz, albatta, keling. Bu yer eng jajji, eng chiroyli va kuchli bolajonlar yig’iladigan fayzli joyligiga ishonasiz. Tarbiyachilar sizni kulib, erkalab kutib olishadi. Shifokor esa vitaminlar bilan mehmon qiladi. Logoped xonasida esa haqiqiy mo’jiza sodir bo’ladi - agar harflarni aytishga qiynalayotgan bo’lsangiz, logoped opamizning mashg’ulotlaridan keyin harflarni to’g’ri talaffuz qiladigan bo’lasiz. Bu yerda biz turli mavzularda she’rlar yodlaymiz, chiroyli suratlar chizamiz, tarbiyachi opamiz bilan birga turli ertaklar to’qiymiz. Musiqa xonasida esa qo’shiq kuylaymiz, raqsga tushamiz. Bog’chadagi bayramlarimizda turli qiziqarli rollarni ijro etamiz. Bayramga faqat oyijonlarimiz emas, balki qo’shni bog’chadagi tengdoshlarimiz ham kelishadi. Bizning bog’chamiz hammanikidan yaxshi. Do’stlikni, mehrni o’rgatadigan, hamma bir-birini yaxshi ko’radigan va yordam beradigan bolalik uyidir. Siz ham bog’chamizga mehmonga keling, bizning bog’chada hyech kim do’stsiz qolmaydi. Siz bilan ham do’stlashamiz. Topishmoqlar Yumshoqqina ayiqvoy, Chiroyligim qo’g’irchoq, Do’stlar ko’pdir o’rtoqcha Topgin, nima bu .... (Bog’cha) Umr bo’yi o’yinchoq o’ynaydi? (Tarbiyachi) Tez aytishlar Bola bog’chaga bordimi, Bog’chaga bola kirdimi? Bobo boladan bog’chani so’radi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling