CamScanner 03-02-2021 15. 24


Tez aytish Paxta qattiqmi, taxta qattiq? Sodiq momiq paxtani terdi. Transport, ko’cha harakati qoidalari, hayotiy faoliyat xavfsizligi


Download 195.51 Kb.
bet14/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Tez aytish
Paxta qattiqmi, taxta qattiq?
Sodiq momiq paxtani terdi.
Transport, ko’cha harakati qoidalari, hayotiy faoliyat xavfsizligi
Transport bilan tanishuv
Chindo’st
Nasiba Erxonova
Qadim zamonda emas, biz yashab turgan kunlarning birida o’zimizning mamlakatda ishlab chiqarilgan Kaptiva, Neksiya va Lasetti mashinalari har tomondan yo’lga tushishibdi. Yurtning turli chetlaridan manzil tomon oshiqayotgan mashinalar taqdir taqozosi bilan bir yo’lda uchrashib, oldinma-ketin ketaverishibdi, ketaverishibdi. Yo’l yurishibdi, yo’l yurishsa ham mo’l yurishibdi. Bir payt mashinalar dam olish uchun bir daraxt tagida to’xtashibdi.
Shunda uch ulov bahs boylashib qolibdi:
- Men uchalangdan ham kuchliman, - debdi Kaptiva. - Tog’da, qorda, shaharda, hamma joyda qiynalmasdan yuraman. Qaddim ham baland. Hurmatim, obro’, e’tiborim ham hammangiznikidan yuqori, - deya kerilibdi.
Buni zimdan kuzatgan Lasetti ko’zlarini suzib:
Hammadan chiroyli ekanligimni bilib turibsizlar-u, tan olgingiz kelmaydi-da. Aslida, menga hamma mashinalarning havasi keladi, ko’rol- maganlarning esa - hasadi.
Shunday deya oliftagarchilik qilgan Lasettining oxirgi gaplarini safdoshlari eshitmabdi ham.
Neksiya esa indamabdi. Faqatgina: «kimning qanaqaligini vaqt ko’rsatadi», - deya jimgina yo’lga tushibdi. Uchala mashina yana yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi.
Bu orada mag’rur Kaptivaning yoqilg’isi kamayib qolibdi. Bundan g’azablangan Kaptiva to’xtab-to’xtab yura boshlabdi. Lasetti xonim esa ajab bo’libdi, debdi-yu, labini burgancha o’tib ketibdi. Neksiya esa o’zining Nesiya-1, Neksiya-2 buvasi va buvisini ko’z oldiga keltiribdi, ularning, hammaga yaxshilik qilish kerak, degan nasihatlarini eslabdi. Shunda u o’zining zaxiradagi yoqilg’isini Kaptivaga quyibdi. Kaptiva aytgan gaplaridan pushaymonligini yashirmabdi. Ular yana yo’lga tushishibdi. Tez-tez oynalarini yuvib, tannozlanishni yaxshi ko’radigan Lasettining suvi tugab qolibdi. G’ashi kelgan Lasetti Neksiyadan yordam so’rashdan ko’ra kir yuzi bilan ketaverishni afzal bilibdi. Neksiya esa Lasettining dilog’ritar gaplarini unutib, unga suv beribdi. Bundan’xursand bo’lgan Lasetti tezda yuzlarini yuvib, chiroyini ko’z-ko’z qilibdi. Shu onda Kaptiva qatgiq signal bosibdi va Neksiyaning oldiga chiqib, shunday debdi:
- Do’stim, bizni kechir, sen kamtar bo’lsang ham, aslida, ichimizda eng kuchli va g’amxo’r sensan.
Lasetti ham boshini egib:
- Dilingni og’ritgan bo’lsak, kechir, - debdi g’ururini bir chetga surib.
Kamtar Neksiya maqtovdan havolanmay yo’lida davom etibdi.


Topishmoqlar
Suyanmasdan turolmas,
Sen minmasang yurolmas. (Velosiped)
Ko’chama-ko’cha kezar,
Manzilga tez yetkazar. (Avtomashina)
Uzun opam uyga sig’mas. (Yo’l)



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling