CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet12/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Non-hammasiga sarkor
Non hamroh
(Rivoyat)
Qadim zamonda ikki kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo’lishibdi. Yo’l olis, odam yursa oyog’i, qush uchsa qanoti kuyadigan biyobonlardan o’tar ekan.
Ulardan biri boy odam ekan. U o’zi bilan bir xalta oltin olibdi. Ikkinchi kishi esa kambag’al ekan. U o’zi bilan bir xalta qotgan non olibdi. Shunda boy kambag’al sherigining ustidan kulibdi:
- Quruq non bilan olis yurtda tirikchilik qilib bo’larkanmi? Oltin olish kerak, oltin har qanday yurtda ham qadrli, istagan narsani sotib olish mumkin, - debdi.
Kambag’al sherigi indamabdi. Ikkovlon yo’lga chiqishibdi. Yo’l yuribdilar, yo’l yursalar ham mo’l yuribdilar. Inson zoti yashamaydigan sahro-yu cho’llardan o’tib, rosa charchab, ochiqibdilar. Bir yolg’iz daraxt soyasida dam olish uchun o’tirishibdi. Xurjunni oltin bilan to’ldirgan boy kishining ochlikdan tinkasi quribdi, ammo bir burda non so’rashdan or qilibdi. Safarga nondan boshqa hyech narsa olmagan kishining sherigiga rahmi kelibdi. Unga bir burda non sindirib beribdi. Ikkovi baham ko’rib ovqatlanibdilar va eson- omon manzilga yetib borishibdi.
Oltinga ishonib nonni mensimagan odam xijolatda qolibdi, xatosini tushunibdi. Ota-bobolarimizning «non - hamroh» degan hikmatini hyech unutmaslik zarurligini anglabdi.
O’qilon va non
G. G’oyipov
Qadim zamonda bnr shahar nonvoylari o’z hunarlari bnlan dong taratgan ekanlar. Nonni qyech kim ularchalik laznz va ko’rkam yopa bilmas ekan.
Shunnng uchun ular yashaydigan joy «Sekrgar nonvoylar maxallasi», deb atalarkan. Biror kimsa safarga chiksa. «Yo’lda hamrohim, xavfu xatarlardan saklannshda madadkorim bo’ladi», deb o’zi bilan non olnb ketarkan.
Kunlardan bir kuni Qosim ismli bir yigit xam qo’yniga non solib yo’lga chiqibdi. Yo’l yirtkich jonzotlar va qarokchilardan xoli emas ekan. Eng daxshatlisi, tog’ o’ngirida yovuz o’qilon yasharkan. U yaqinidan o’tgan kimsani omon qo’ymas ekan. Ilon shu
kuni o’lja topa olmay qahriga mingan vaqtda, so’qmoq yo’ldan kelayotgan Qosimni ko’rib qolibdi. Xarsang tosh orqasiga o’tib pisibdi, yigit yaqin kyolishi bilan to’satdan sapchib uning ko’ksiga zarba uribdi.
Lekin kutilmagan xodisa yuz beribdi. Olamni olov bo’roni koplaganday, tog’lar daxshat bilan qulaganday bo’libdn. Og’rik va alamiga chiday olmagan ilon arang ko’z ochib. o’zini yerda chnlparchin bo’lib yotganini ko’ribdi. Uning zaxarli tishlari tutday to’kilib ketgan emish. Ymgit esa qarshisida sog’-omon turganmish. O’qilon xayraglanibdi.
- Vishshsh... bu qanakasi bo’ldi? - deb kichqiribdi u alam bilan. – Bu kanakasi bo’ldi? Bir zarb bilan uydan katta toshlar teshib o’tish menga pisand emasdi! Endi kelib kelib sendan yengilib o’tiribmanmi? Sen sababli tishimdan ayrildim. Bundan bir sir bor, albatta. Ayt, kimsang o’zing, devmisan, parimisan?
Shundan so’ng qo’ynidan quyoshdek dum-dumaloq nonni olib ko’rsatibdi:
- Barcha gap shu aziz donda. Bunga sehrimiz kuchi, dehqonlar, nonvoylar mehnati singgan. Quyosh tafti, ona yurtimiz kudrati, mehri singgan. Ko’ksimga qalqon bo’lgan bu aziz tilsimga tishing o’tarmidi? Yo’limni to’sma, yevuz!
O’qilon sudralib jo’nab qolibdi^ Ushandan buyon kishilar ko’ziga qayta ko’rinmasmish. Iigit esa yo’liga ravona bo’libdi. Olis shahardagi qadrdon do’stlari, o’rtoqlari bilan omon-eson diydor ko’rishibdi, ortiga qaytganida nonni o’zi bilan olib qaytib, o’pib, e’zozlab, safaridan xotira sifatida uy to’riga ilib qo’yibdi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling