CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet15/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Yer usti transporti
Avtobuslar oilasi
Zuxra Ro’ziyeva
Bir kuni avtobuslar oilasi yig’ilib jam bo’lishibdi. Ota avtobus vazmin ohangda bugun boshidan o’tkazganlarini gapirib beribdi:
- Bugun bir yoshgina qizcha oyisining qo’lidan chiqib ketib yo’limda paydo bo’lib qoldi. Yaxshiyam vaqtida tezlikni kamaytirganim, bo’lmasa, bilmadim, nima bo’lardi. Onalar bolalarining qo’llaridan mahkam ushlab olishlari kerak. Sizlar ham yo’lda hushyor bo’lib yuringlar, yo’llarda beparvo bo’lish yo’lovchiga ham, haydovchiga ham to’g’ri kelmaydi.
Aslo magnitofonning ovozini baland qo’ymanglar. Axir yo’lovchilar hayoti uchun mas’uliyatni hammamiz his qilishimiz kerak.
Keyin gapga ona avtobus arapashdi:
- Men ham bugun rosa toliqdim. Yo’lovchilar telefonda shunaqangi ko’p gaplashishdiki, boshim og’rib ketdi. Telefonda faqat eng zarur gaplarni tez gapirish kerak, odamlar esa erinmasdan mayda-chuyda keraksiz narsalarni valaqlab o’tiradilar. Sizlar ko’p yo’lovchilar hayotiga mas’ulsiz, hyech qachon rulda telefonda gaplashmanglar.
Limonli choyini ichib, uyquchan ko’zlarini pirpiratib turgan avtobus bola oyisining ko’ziga qarab sekin gapirdi:
- Oyijonim, men erta sahardan ishga chiqmay. Qorong’idan qo’rqyapman, buyam yetmagandek sovuq. Quyosh bobo chiqib hammayoqni yoritganidan keyin chiqa kolay.
- Men seni Azamat avtobus deyishimni bilasan-a. Bolajonim, agar erta tongdan ishga chiqmasang, nimalar bo’lishini oldingga keltirgin-a. Odamlar sahardan bizning ovozimizni eshitib uyg’onishadi, ishga erta ketadiganlar esa soat beshdan ko’chaga chiqib, bizni kutishadi. Bog’cha opalar, do’konchi-yu shifokorlar ham tongdan harakat qiladilar. Ular seni kutib turaverishsa, sen bormasang, bu insofdan bo’larmikan? Sen qo’rqmasdan chiqaver, bitta bekatdayoq seni mehribon insonlar to’ldirishadi, odamlarga astoydil yordam qilsang, ular duo qilishadi. Boshqalarning og’irini yengil qilishdan aslo charchamagin.
Havo, suv va yer usti transporti

Kemacha



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling