CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet10/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Sayohatchi mevalar
Nasiba Erxonova
Katta supermarketning peshtaxtasida yangi uzilgan olma, nok, shaftoli, mandarin, apelsin, limon, kivi, banan, uzum chiroyli bo’lib turardi. Ularning har biri xaridorlarga chiroyli ko’rinishga urinardi. Olma bilan nok xaridorlarga quyoshda qizargan tomonlarini ko’z-ko’z qilib:
- Biz juda shirin va mazalimiz, bizni sotib oling, - debdi. Apelsin, mandarin va limonning hasadi kelib:
- Biz sap-sariq va suvliginamiz, uzoq o’lkalardan kelganmiz, - deb o’zlarini maqtashibdi. Mevalar tepasida turgan xaridorlar ularning bahslaridan hafsalasi pir bo’lib, boshqa peshtaxta tomonga ketibdi.
Shu payt do’konga Go’zal ismli qiz buvisi bilan birga kelib, to’g’ri shirinliklar rastasi tomon boribdi.
- Buvijon, mana bu shokoladlardan olib bering, iltimos, - debdi.
Yuzlaridan nur yog’ilib turgan buvi esa qizalog’ini mevalar rastasi tomon ergashtiribdi.
- Qizalog’im, konfet va shirinliklarni ko’p yeyish tishlar uchun zararli, uning o’rniga ko’pgina mevalardan yesang, sog’lom bulasan, bo’ying o’sadi, - deya har xil mevalarga imladi.
- Voy, buvijon, qarang, mana bu mevaning toji bor ekan, o’ziyam xuddi risarga o’xsharkan, mazasi ham ajoyibdur...
Nazira buvining yonida ananasga yetadigan puli yo’q edi.
- Jonim qizim, anansni keyingi safar olaylik, bugun olma bilan shaftoli harid qilaylik. Bu ikkala meva ham vitaminlarga juda boy.
Qizaloq bir xo’mraydi-yu, yana sersavolligi tutdi:
- Buvijon, olma bilan shaftoliga yetarkan-ku pulingiz, nimaga bittagina ananasga yetmaydi? Ananas shunchalik qimmatmi?
- Ananas bizning yurtda o’smaydi, u qish fasli bo’lmaydigan issiq o’lkalarda hosil beradi. Bizgacha yetib kelguncha esa ko’p yo’l bosadi poyezd, yuk mashinalari, kema va samolyotlarda sayohat qilib keladi.
- A-a-a-a, endi tushundim, ananas sayohatchi meva bo’lgani uchun ham qimmat, to’g’rimi? Buvijon, ayting- chi, yana qaysi mevalar sayohatchi?
Sersavol Go’zalga buvisi shunday deb javob beribdi:
- Mana bu peshtaxtada sayohatchi mevalar ko’p ekan. Qaragin, kivi, apelsin, kokos, avokado kabi mevalar bizning yerlarda o’smaydi. Ular uzoq mamlakatlardan olib kelinadi.
-Tushundim, buvijon, men hamma sayohatchi mevalarni yaxshi ko’raman, lekin o’zimizning saxovatli quyoshimiz nurlarida pishgan mevalar hammasidan ham shirin.

Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling