CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topishmoqlar
Qishki o’yin-kulgilar
Chana O’. Hoshimov Farhodga dadasi chana olib keldi. Tag’in qanaqa deng? Orqasida suyanchig’i bor. Sirpanchiq qanotlari yaraq-yaraq qiladi. - Chanangni-chi, o’rtoqlaring bilan uchgin, xo’pmi? - deb tayinladi dadasi. Farhod indamadi. Ertasiga nonushta qilar-qilmas chanasining ipidan tortib ko’chaga olib chiqdi. Osmondan kapalakqor yog’ar, bolalar qiy-chuv ko’tarib o’ynashar, birov sirpanchiq uchar, birov qorbobo yasar eda. Ular Farhodni ko’rishlari bilan atrofini o’rab olishdi. - Vuy, Farhodning chanasini! - deb qichqirdi Bahodir. - Qara, suyanchig’iyam bor ekan! - Dildora chananing suyanchig’ini ushlab ko’rdi. - Yaltirashini qaranglar! - dedi Shavkat qoyil qolib. - Qoch, bosib ketadi! - Farhod chananing ipidan mahkam ushlab oldi-da, Shavkatni turtib o’tib ketdi. Ko’chaning narigi betidagi tepalikka chiqa boshladi. - Meniyam uchir, Farhod, - dedi Dildora unga ergashib. _ Ho, sinib qoladi-da! - Farhod chanasini sudrab ketaverdi. Tepalikning eng ustiga chiqib, chanaga o’tirib oldi. Keyin oyog’i bilan bir siltagan edi, chana shuvillab pastga uchib ketdi. Farhodning yuziga qor uchqunlari urilar, chana esa qushdek uchib borar, uning qulog’i ostida shamol g’uvillar, ammo sovqotmas edi. Maza! Chana pastga tushganidan keyin to’xtab qoldi. Farhodning yoniga Bahodir yugurib keldi. - Galma-galdan ucha qolaylik, Farhod, - dedi u yalinib. - Bir gal sen tortasan, bir gal men. - Yo’q, ipi uzilib ketadi, - Farhod qovog’ini solib oldi. - Qizg’anchiq ekansan! - Bahodir shunday dedi-da, sirpanchiq uchayotgan bolalarning oldiga ketib qoldi. Farhod yana tepalikka chanasini sudrab chiqdi. Keyin pastlikka uchib tushdi. Besh-olti marta shunday qilganidan keyin charchab qoldi. Pastlikka sirg’anib tushish maza edi-yu, chanani yuqoriga sudrab chiqish yoqmasdi. Tekis joyda uchay desa, birov chanani tortmaguncha sirpanmas ekan. Farhod chanani sudrab, bolalarning oldiga bordi. - Yur, Bahodir, - dedi o’rtog’ini chaqirib. - Mayli, galma-gal uchamiz. Bir gal sen tortasan, bir gal men. - Kerakmas! - Bahodir qo’l siltadi. - Men bolalar bilan o’ynayman. Farhod chanasining ipidan ushlaganicha, qorbobo yasayotgan qizlarning oldiga bordi. Dildora endi qorboboning qo’lini yasayotgan ekan. - Yur, Dildora, ikkalamiz tepalikdan chanada tushish o’ynaymiz, - dedi Farhod. - Hali bermading-ku, chanangni. Endi kerakmas. - Dildora boshqa qizlar bilan qorbobo yasayverdi. Farhod ularning o’yinini birpas tomosha qilib turdi-da, zerikib ketdi. Bolalarning oldiga boray desa, Bahodir bilan Shavkatdan uyaladi. Bitta o’zi chana uchay desa, hyecham qizig’i qolmadi. U alam qilganidan yig’lab yuboray dedi. Dadasi nima uchun «Chanangni bolalar bilan birgalashib uchgin» deganini endi tushundi. Sekin-sekin bolalarning oldiga bordi-da, chanani ularning oldiga surib qo’ydi. - Hammamiz galma-galdan uchamiz. Bo’ptimi? - dedi sekingina. Bolalar bu safar yo’q deyishmadi. Birpasdan keyin Farhodning yaltiroq chanasi tag’in tepalikdan shuvillab tusha boshladi. Endi unda bolalar, qizaloqlar maza qilib uchishar edi. Topishmoqlar ‘ Toyim bor, kishnamaydi, Yoz chog’i ishlamaydi. (Chana) Oppoq sochli boshlari, Daryo bo’lar yoshlari. (Qorli tog) Yozib kumush poyondoz, Sovukda elar shakar. Sharbatsiz yasar novvot, Toping siz bermay shahar. (Qor) Yanvar bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo’lim qotdi. (Muz) Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling