CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet34/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Oqqush
Nasiba Erxonova
Bir kuni o’rmondagi ko’lga chiroyli oppoq qush uchib kelibdi. Uning qanotlari qordek oq bo’lib, bo’yni uzun ekan. U qanotlarini yozganda atrofga suvning mayda zarrachalari sochilar va go’zal manzara paydo bo’larkan. Shunday qilib qush ko’lda suzib yurganida birinchi bo’lib quyoncha ko’ribdi. Uning go’zalligidan lol qolib, anchagacha yoniga kela olmay uzokdan tomosha qilibdi. Nihoyat, yurak yutib ko’l yoniga kelibdi va qushga debdi:
- Salom, mening ismim Quyonvoy, sen kimsan?
Qush unga bir nazar soldi-yu, indamay sohildan uzoqroqqa suzibdi.
- Men senga yomonlik qilmayman, - debdi quyoncha.
Lekin qush unga qaramabdi. Quyoncha qushning bu harakatidan xafa bo’lib sekingina: «Chiroyli bo’lganing bilan tarbiyasiz ekansan», debdi.
Shu payt shoxdan shoxga sakrab olmaxOn kelibdi. U ham ko’ldagi oqqushning chiroyiga mahliyo bo’libdi:
- Salom, go’zal qush, o’rmonga xush kelibsan!
Qush esa indamay suvda suzar, u go’yo olmaxon bilan quyonchani ko’rmas edi.
- Men sen bilan do’stlashmoqchiman, kel, tanshpamiz, - debdi olmaxon unga yaqinroq borib. Oqqush indamay orqasini o’girib, nariga suzib ketibdi. Buni ko’rib olmaxon yelkasini qisibdi.
- Ignalariga qo’ziqorin, meva sanchib olgan tipratikan ularning yonidan o’tib ketayotgan ekan. Olmaxon va quyonchani ko’rib, ularni mevalari bilan mehmon qilibdi. Ko’lda suzib yurgan oqqushga:
- Bunday chiroyli qushning do’stlari ham ko’p bo’lsa kerak. Men unga hatto gapirishga uyalaman, chunki kurimsizgina hayvonman, - debdi.
- Bilasanmi, kirpivoy, ssning tashqi ko’rinishing xunuk bo’lgani bilan. kalbing chiroyli, shuning uchun do’stlaring ko’p. Bu qushning esa chiroyiii tomosha kilib to’ydnk. chunkn unda samimiylikdan asar x.am yo’k ekan, afsus. - debdi olmaxon.
- Yuringlar. ketdik, - debdi kuyoncha va xammalari mag’rur qushnn yolg’iz qoldirib ketishibdi.


O’simliklar bilan do’stlashamiz
Daraxtning oyog’i
Ibrohim Rahim
Bog’cha qovlisida Hasanjon bilan Husanjon o’ynab o’tirib, ro’paradagi panjara orqasida bir oyoqlab turgan tovuqni ko’rib qoldilar. - Uni qarang, Hasan aka, anavi tovuqnyng bir oyog’i yo’q ekan. Bir oyoqlab qocholmaydi. Ushlab olaymi?
Hasanjon ham daf’atan bir oyokda turganini ko’rib qoldi. Ukasining shunga fahmi yetmagani uchunmi, unga bir karomat ko’rsatmoqchi bo’lib, dedi:
- Shu tovuqni bir zumda ikki oyoqli qivoraymi?
- Ho...qib bo’psiz.
Hasanjon kum orasidan danakday tosh olib, qunishib turgan tovuqqa otdi. Tovuq shu zahoti bir sakrab ikki oyoqlab nariga qochdi. Husanjon akasining ko’rsatgan bu karomatiga tan berganday iljayib qo’ydi. Ular yana kum o’ynashni davom ettirdilar. Shu orada yomg’ir tomchiladi. Hasan-Huyean pana joyga borib oldilar. To’satdan shamol ko’tarildi. Shamol zarbidan hovlndagi daraxtlar egilib-bukilib gurardi. Ayniqsa, bir olcha niholi «dod-faryod» qilganday har yoqqa tashlanardi-yu, o’rnidan jilolmasdi. Husanjon uning nochorligiga achinib, kuyinib ketdi. Birozdan keyin «Bilag’on aka»sidan so’radi
- Shu olchani ham yurg’izvorolasizmi?
- Yo’q, yurgizolmayman.
- Nega?
- Daraxtning oyog’i bitta-da...
Nega daraxtning oyog’i bitta, ikkita emas, a?
Shuniyam bilmaysanmi, oyog’i ikkita bo’lsa, hovlimizdan qochib ketadi-ku.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling