CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet33/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Tez aytishlar
Ahil baxildan a’lo.
Nodir novvoyxonadagi novvoydan non oldi.


Hayvonlar va qushlar bilan do’stlashamiz
Qo’rqoq quyon
Lev Tolstoy
Quyonlar tunda ovqatlanishadi. Qishda o’rmon quyonlari daraxt po’stloqlari, dala quyonlari esa, kuzgi ekinlar, o’t-o’lanlar, g’aramlardan to’kilib qolgan bug’doy donlari, boshoqlari bilan qorin tuydirishadi. Tunda quyonlar qor oralab, chuqur izlarini qoldirishadi. Ularning ovchilari ko’p - odamlar, itlar, bo’rilar^ tulkilar, qarg’alar, burgutlar. Bilasizmi, agar quyon shunchaki va to’g’ri yurganida edi, tongda uning izini osongina topib olishardi. Biroq aynan qo’rqoqligi quyonni qutqarib qoladi. Quyon tun bo’yi dalalar va o’rmonlarda qo’rquvni sezmay yuradi, izlari ko’zga yaqqol tashlanadi. Tong otishi bilan uning ovchilari uyg’onadi: itlar vovullaydi, chanalar chiyillaydi, odamlar so’zlashadi, bo’ri qadamlari, uvillashi eshitiladi. Shunda quyon qo’rquv va sarosimaga tushadi. U tomondan bu tomonga yugura boshlaydi. Oldinga sakraydi, nimadandir cho’chib, yana orqagatisariladi. Bosgan izlari bo’ylab chopayotganda nimadir shitirlab ketsa, bor kuchi bilan oldga sapchiydi-da, o’zini butunlay boshqa tomonga uradi. Ovchilar erta tongdan quyon izlarini izlashga tushishadi. Ammo ikki qator bo’lib cho’zilib ketgan izlarda adashib ketishadi, shunchalik uzoq sakrashiga qoyil qolib, quyonning ayyorligidan hayratga tushishadi. Aslida, quyon ayyorlik qilmaydi, bu haqda o’ylamaydi. U fakat hamma narsadan qo’rqadi, xolos.


Mushukcha
Nasiba Erxonova
Bir uyda chol va kampir, kichkina bola va mushukcha yasharkan. Mushukchani xonadondagilarning hammasi juda yaxshi ko’rarkan va erkalatisharkan. Bir kuni uy egalari mehmondorchilikka ketayotib, derazani yopishni unutishibdi. Ochiq oyna ortida o’tirgan mushukchaga ko’chadagi voqyealar juda qiziqarli tuyulibdi. Ayniqsa, hovlida o’ynab yurgan qarg’a mushukchaga yoqibdi. Lip etib qarg’aning oldiga sakragan ekan, u uchib ketibdi. Bir o’zi qolgan mushukcha u yoqqa o’tibdi, bu yoqqa o’tibdi. Tezda qorong’i tushib, kun sovibdi. Lekin uy egalari hali- beri qaytishavermabdi. Muzlab qolgan mushukchani bir qo’shni ayol ko’rib, bechoraga raqmi kelibdi va uyiga olib ketibdi.
Bu ayolning Asal degan kichkinagina qizchasi bor ekan. Asal mushukcha bilan o’ynashni juda xoxlabdi. Lekin mushukning boshiga urib, dumidan tortibdi. U shunday qilsam mushukka yoqadi, deb o’ylabdi. Lekin bechora mushuk zorlanib miyovlabdi.
- Bu qizcha buncha qiynaydi, avval hyech qachon bunchalik meni xo’rlamagan. Boshim zirqillab, dumim uzilib tushay deyapti. Bu menga sira yoqmayapti, - deb qizchadan qochib ketibdi.
Asal esa mushukcha bilan yana o’ynashni xoxlab, uni quvlay boshlabdi. Lekin mushukcha shkaf orqasiga yashirinib olibdi. Xafa bo’lgan Asal uxlab qolibdi. Tushida ularnikiga sehrgar kelibdi va^asalni chiroyli mushukka aylantirib qo’yibdi. Mushuk - Asalni uy egasi rosa qiynabdi. Mo’ylovlarini yulibdi, bo’ynidan qisib ko’taribdi, suvga botirib uloqgiribdi, kamiga dumidan tortib, boshiga uribdi. U uyning to’ridagi karavot tagiga kirib yig’lay boshlabdi:
- Mushukcha bo’lishni hyecham xoxlamayman, qani endn yana qizaloqqa aylanib kolsam’
Asal ko’zlari yoshlanib, yig’lamsirab uyg’onnb ketibdi.
Qarasa karavogi tagida mushukcha beozorgina uxlab yotgan ekan. Asal birdaniga tush ko’rganini tushunibdi va xursand bo’lib ketibdi.
- Momiqqina mushukcha, meni kechir, endi senga hyecham ozor bermayman. Seni kanchalik qiynaganimni tushundim, sen endi mening himoyamdasan, - deya sila siypalabdi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling