CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet41/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Hasharotlar
Qumursqa
(O’zbek xalq ertagi)
O’tgan zamonda bir kishi safarga chiqqan ekan, bir soydan o’tishga to’g’ri kelibdi. Qish vaqti edi. Eshakning keyingi oyog’i muzga toyib, yiqilib, beli sinibdi. U kishi xafa bo’lib, muzga qarab shunday debdi:
- Ey, muz aka, sen eng zo’rmisan?
Muz:
- Men zo’r bo’lsam, kun meni erita olarmidi?
Shunda u kishi kunga qarab:
- Ey, kun, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Kun:
- Men zo’r bo’lsam, bulutlar mening ko’zimni olarmidi?
Shunda u bulutga qarab:
- Ey, bulut aka, sen zo’rmisan? - debdi.
Bulut:
- Men zo’r bo’lsam, yomg’irlar meni teshib-teshib o’tarmidi?
Shunda u kishi yomg’irga qarab:
- Yomg’ir aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Yomg’ir:
- Men zo’r bo’lsam, yerga singib ketarmidim?
Shunda u kishi yerga qarab:
- Yer aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Yer:
- Men zo’r bo’lsam, o’tlar teshib chiqarmidi?
Shunda u kishi o’tga qarab:
- O’t aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
O’t:
- Men zo’r bo’lsam, mollar yulib-yulib yeyarmidi? - debdi.
Shunda u kishi molga qarab:
- Mol aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Mol:
- Men zo’r bo’lsam, bo’rilar yermidi?
Shunda u bo’riga qarab:
- Bo’ri aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Bo’ri:
- Men zo’r bo’lsam, merganlar otarmidi?
Shunda u merganga qarab:
- Mergan aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Mergan:
- Men zo’r bo’lsam, o’q solingan xaltamni sichqon va kalamushlar qirqib tashlarmidi?
Shunda u kishi sichqonga qarab:
- Sichqon aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Snchqon:
- Men zo’r bo’lsam, qumursqalar qulog’imdan chimchib olarmndn? - dedn.
Shunda u qumursqaga qarab:
- Qumursqa aka, sen eng zo’rmisan? - debdi.
Qumursqa:
- Men zo’r, men zo’r, - debdi. - Otangning olti yuz botmon bug’doyini yetti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’r. men zo’r. men zo’rman! - debdi.
- Qorning nima uchun katta? - deb so’rabdi u kishi.
- Jngarnm zo’r, - debdi qumursqa.
- Beling nima uchun ingichka? - deb so’rabdi u kishi.
- Mehnatim zo’r! - dedi qumursqa.
- Kallang nima uchun katta? - debdi u kishi.
- Davlatim zo’r! Mehnatim zo’r, davlatim zo’r, men zo’r! Men zo’r! - debdi qumursqa.

Arilar g’azabi


(Ozarbayjon xalq ertagi) .
Bor ekan-da, yo’q ekan, dunyoda bir fil bo’lgan ekan. U tinib-tinchimagan va juda sho’x ekan. Har safar bo’lar- bo’lmasga janjal chiqaraverar ekan. Kunlarning birida o’rmonda u xartumi bilan bir daraxtni o’rab olib, uni silkitaveribdi. Sal bo’lmasa daraxtni ildiz-pildyzi bilan yerdan sug’urib olay debdi. Daraxt tagida o’rmon arilarining ini bor ekan. Filning silkitishidan arilar ini buzilib ketishi mumkin ekan.
- Fil aka, bizning uyimizni buzmang, - iltimos qilishibdi arilar.
- Uylaringizning menga nima keragi bor? - javob beribdi fil. - Sho’xlik qilgim kelgan edi-da.
- Voy, fil akajon-yey, - deyishibdi arilar, - biz sizga o’ynamang deyayotganimiz yo’q. Boshqa daraxtning tagida o’ynay qoling.
Shu yerdan boshqa yoqqa ketmayman, - tixirlik qilibdi fil. - Bu vijdonsizlarni qara-ya, o’zlari zig’ircha-yu, yana birovga aqp o’rgatishlarini-chi.
- Fil akajon, - uni ogoxdantirishibdi arilar, - agar uyimizni buzadigan bo’lsangiz, sizni o’ldiramiz.
- Ko’llaringdan kelganini qilinglar, - sizlardan qo’rqadigan ahmoq yo’q.
Arilar inlariga kirib, kattalar bilan maslahatlashishibdi-da, fildan yana bir marta iltimos qilib, bordi-yu, shunga ham ko’nmasa, uni to o’lguncha chaqishga qaror qilishibdi. Arilar ancha vaqtgacha filni bu ishdan qaytarishga urinishibdi. Lekin fil ularga e’tibor ham bermabdi. Shunda arilar filga baravar yopipgib, boshi, ko’zi, qulog’i, xartumi va butun badaniga ignalarini sanchishaveribdi. Birpasda fil shishib, naq tog’day bo’lib ketibdi. Filning hayqirig’i butun o’rmonni tutib ketibdi. Nihoyat, fil holdan toyib, gumburlab yerga yiqilibdi. Fil uyalganidan boshini ham ko’tara olmabdi.
- Fil akajon, - deyishibdi arilar, - siz haybatingizga ishonib, bizni qiynadingiz. Lekin shuni bilingki, kuchsizlarni qiynaganning holi voy bo’ladi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling