CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet40/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Topishmoqlar
Motori yo’q, joni yo’q,
Ko’k yuzida suzadi.
Ini yo’q, tutib bo’lmas,
Yaxshilik kutib bo’lmas. (Chaqmoq)
Paqiri yo’q suv separ,
Tut kokkanday duv separ. (Bulut, yomg’ir)
Oyog’i yo’k, ko’zi yo’q,
Osmonda sayr etadi.

Olamni ravshan etib,


Shom manzilga yetadi. (Quyosh)
Turadi, o’zi yo’q,
Yuradi, izi yo’q. (Shamol)
Beqasamdan yo’li bor,
Osmon-falakda chiqar. (Kamalak)
Katta oppoq dasturxon,
Hamma yoqni qoplagan. (Qor)
Ko’zga ko’rinmas,
Qo’lga ilinmas.
Shusiz hyech joyda
Hayot ham bo’lmas. (Havo)
Bir onasi bor,
O’n ikki bolasi bor. (Yil, o’n ikki oy)


Navro’z bayrami
Navro’z - yangi kun
Nasiba Erxonova
Xalqimizning ming yillik tarixga ega urf-odatlari, ayniqsa, Navro’z ayyomi bugun umumxalq bayrami sifatida xalqimiz tomonidan keng nishonlanadi. Bu kabi qadimiy an’analarimiz avloddan-avlodga o’tib yashab kelmoqda. Navro’z kunu tun tenglashadigan, kunlar uzayadigan davr. Uzoq qishdan so’ng ko’kda quyoshning yuz ko’rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nav - yangi, ro’z - kun, ya’ni «Yangi kun» deb atalishi ham bejiz emas. Bu qadimiy, an’anaviy bayram haqida bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida. Maxmud Koshg’arin esa, «Devonu lug’otit turk»da juda kiziqarli ma’lumotlar yozib koldirganlar. Umar Xayyom bu bayram xakida «Navro’znoma» nomli kitob yozgan. Navoiyning ustozi - Lutfiy «Gul va Navro’z» asarini yaratgan. Bu bayram. avvalo. tabiatning jonlanishi. yangilanishi bilan yurtimizga go’zal baxor faslining kirib kelib, kelinchakdek yashil sepini keng yoyishi bilan
boshlangan. Ota-bobolarimiz. buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlarni o’tkazishgan. Dalalarda baxorgi ekin- tikin ishlari boshlanib ketgan. Mazkur bayramning ahamiyatli jihati keksalarga ehtirom ko’rsatish. bemorlar holidan xabar olish kabi savobli amallarshgr. Bobolarimiz, momolarimiz u quvonch va shodliklar olib kelishini so’rab duoga qo’l ochadilar, chunki shp davomidagi fayzu barakot ayni shu paytdan boshlanadi. Har bir kun mana shunday shodiyona bilan o’tishini chin dildan istab, bir-birlariga tilaklar bildiradilar. Bu borada Alisher Navoiyning shunday misralari bor:
Har tuning qadr o’lubon,
Har kuning bo’lsin Navro’z!


Sumalak
(rivoyat)
Bir dehkon bahor kelishi bilan urug’likka olib ko’ygan donini suvga ivitib qo’yibdi. Lekin birdan havo aynib, yomg’ir yog’a boshlabdi. Bug’doy ivitilgan idishda nish urib o’sa boshlabdi. Ob-havo hadeganda ochilavermabdi.
Dehqonning bola-chakasi och ekan. Nishlab ketgan bug’doy uvol bo’lmasin, biron narsa pishirib beraqolay, deb o’ylabdi dehqon. Bu orada bug’doy ancha bo’y cho’zib kolibdi. Dehqon donni olib qiymalabdi-da, kampirga:
- Bundan biron narsa pishir, baribir, uvol bo’lib qoladi, - debdi.
Kampir qiymani qozonga solib qaynataveribdi- qaynataveribdi. Oxiri qaynatishdan charchab, qozonning qopqog’ini yopibdi-da, uxlagani yotibdi. Ertalab azonda uyqusi o’chib, qozondan xabar olgani boribdi. Qopqog’ini ochib ko’rgan ekan, ajoyib hid dimog’iga urilibdi.
Ta’tib ko’rsa, qozondagi qiyom juda mazali emish, hidi juda yoqimli, o’zi to’yimli emish. Kelasi yil bahorda dehqon bolalarining yana o’sha taomdan yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish udumi paydo bo’libdi. Bu taom xalqo’rtasidakengtarqalib, bahorning lazzatli ne’matiga aylanibdi. Keyinchalik dehqonlar donni faqat urug’likka emas, balki sumalak pishirish uchun ham olib qo’yadigan bo’lishibdi. Urug’likka olib qo’yilgan dondan mo’l-ko’l hosil ko’tarilsa, sumalakka asrab qo’yilgan bug’doydan esa kishilar o’zlarining sog’ligini tiklash va bardam bo’lish uchun hayotbaxsh taom tayyorlashar ekan.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling