CamScanner 03-02-2021 15. 24


Kitob bilan do’stlashamiz


Download 195.51 Kb.
bet37/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Kitob bilan do’stlashamiz
Kitob - xazina
Zuxra Ro’ziyeva
Qadimda Oqilaxon ismli bir qiz bo’lgan ekan. Oyisi bilan dadasi uni «Malikam» deb erkalasharkan. Oqilaxon judayam chaqqon va xushmuomala qiz ekan. Har kuni uni turli savollar qiynar, bitta savolga javob topsa, ikkinchi savol paydo bo’larkan. Oqilaxonni yana qishlokdan chiqaverishdagi, oyisi «bu yerga yaqinlashma» deydigan g’or ham juda qiziqtirarkan. O’sha g’orning ichida nima bor ekan, ichkarisi qo’rqinchlimi, nima uchun oyim va dadam o’shayerga borma, deyisharkan degan savollar tinchlik bermas ekan. Ehtimol, u yerda xazina bordir? O’yinchoqlarini o’ynab o’zini chalg’itishga urinsa ham yana o’z-o’zidan o’sha g’or haqidagi xayollar uni qo’yib yubormas ekan. Bir kuni Oqilauyda hyech kim yo’qligida eng sevimli qo’g’irchog’ini qo’liga olibdi-yu, uydan chiqib ketibdi. U yo’l yuribdi, birov ko’rib qolib, uyga qayt, demasin deb orqasiga tez-tez qarab qo’yar, shoshilganidan hatto terlab ham ketibdi. Azbaroyi hovliqqanidan yo’lda bir-ikki marta yiqilib tushgan Oqilaxonga yo’l nihoyatda uzoq tuyulibdi, ilgari bir zumda kelib qolardim, bugun yo’llar uzun bo’lib ketganmi deb ham hayron bo’libdi. Oqilaxon yuraveribdi, yuraveribdi, lekin hyech g’or ko’rinmasmish. Ortga qarasa, endi uyi ko’rinmas, faqat qalin daraxtlar-u, onda-sonda qushlarning ovozi eshitilib turarmish. Oqilaxon chanqabdi, qorni ham ochibdi. Nazarida qo’lidagi qo’g’irchog’i ham unga bekor qilding, degandek ko’zlarini mo’ltillatib turganga o’xsharmish. Oqilaxon qo’rqib ketibdi. Bekorga oyim, uzoqqa ketib qolma, deb tayinlamas ekan, endi nima qilaman, deb rosa xavotirlanibdi. Ko’zlaridan yosh oqarkan, u endi qayoqqa borishni bilmas edi. Upkasi to’lib yig’layotgan qizcha tavakkaliga o’ng tomonga yuribdi. Oqshom o’z o’rnini tunga bo’shatib berar, qorong’ilik Oqilaxonni yanada qo’rqitardi. U qo’g’irchog’ini mahkam bag’riga bosganicha, katta xarsang tosh ustiga o’tiribdi. Holdan toygan, qo’rquvdan dir-dir titrayotgan qizcha umidsizlikka tushib yig’larkan, tosh tagidan bir chekkasi ko’rinib turgan kitobga ko’zi tushib qoldi. U shoshilib kitobni olib qarasa, unda aynan u yashaydigan mahalla va ko’chaning xaritasi yozilgan ekan. Oqilaxon quvonganidan kitobni o’pib, bag’riga bosibdi. U kitobdagi xarita yordamida uyiga yetib boribdi, uyida uni oyisi va dadasi rosa xavotirlanib kutib turishgan ekan. U men topdim, men topdim, kitob eng zo’r xazina ekan, debdi hayajonlanib. Endi sevimli qo’g’irchog’imni bir qo’limga ushlasam, ikkinchi qo’limga doim kitobni olib o’zimga hamroh qilaman.
Bolajonlar, kitob haqiqatan ham, sizning yo’lin- gizni yorituvchi mayoq, yo’lko’rsatkichdir.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling