CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet35/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Gullar va shamol
Rauf Tolib

Bir bor ekan, bir bo’lganda ham, bir-biridan chiroyli, bir-biridan xushbo’y gullar bo’lgan ekan. Tong chog’ida ellar mayin esganida ular asta-sekin tebranishar, raqsga tushisharkan. Quyosh bobo ko’kda jilmayib ko’ringanida, gullar yana ham ochilib ketisharkan. O’tgan-ketganlarning ularga havasi kelarkan. Lekin ular o’rtasidagi bahsni hyech kim eshitmas ekan. Faqat Shamolgina:


- Gullar ichida eng sarasi o’zimman, - debdi oltindek yaraqlagan Sariq gul him-him tovlanib. - Shu’da sochishda quyoshga o’xshayman. Qarab turib, quyoshning ham menga havasi keladi.
- Sal pastroq tushing, juda oshirib yubordingiz- ku, - debdi Oq gul g’ashi kelib.
- Chamanga ora bergan men bo’laman. Tong o’z chiroyini mendan olgan. Siz quyosh bo’lsangiz, men oyman.
Gulsafsar bu gaplarni eshitib, chidab turolmabdi.
- Bu yerda biz ham bormiz. Odamlar bizga bekorga qarashmaydi.
- Husnda tanho men o’zimman, - debdi kerilib Pushti gul.
- Chiroyda menga teng keladigan gul topilmasa kerak, yo gapim yolg’onmi? - deb Karnaygul va Atirgulga qarabdi. Maktanchoqlarning gapidan Atirgulning yuzlari qip- qizarib, lov-lov yonib ketibdi. Rayhon esa uyalganidan o’zini gullar panasiga olibdi.
Shu payt daryo tomondan esgan Shamol bog’ga kirib kelibdi-da, gullar gapini eshitib qolibdi. Eshitibdi-yu, hayron bo’libdi.
- Gullarjon, - debdi Shamol chidolmay. - Ayting- chi, kim o’zini maqtaydi? Nahotki sizlar...
Kutilmaganda gullar jim bo’lib qolishibdi. Shamol esa gapida davom etibdi:
- Men chiroyliman, deb bir-biringizga gal bermaysiz-a? Rayhonga qarang, u xunukmi?
- Hamma rayhonga yalt etib qarabdi. Maqtovlarga o’rganmagan Rayhon qimtinib, o’zini panaga olibdi.
- To’g’ri, - debdi Shamol - u biroz ko’rimsiz. Lekin xushbo’ylikda sizdan qolishmaydi. Sizga aytsam, har biringizning o’z o’rningiz bor. Unutmangki, maqtanish yaxshilikka olib kelmaydi.
Gullar ohista tebranishibdi. Shamolning gaplarini tasdiqlashibdi. Shamol ham shod bo’libdi-da, ularning xushbo’y hidini uzoq-uzoqlarga olib ketibdi. Shu bilan ertak ham tamom bo’libdi.

O’z o’rni bor


T. Ilhomov
Bog’bon bog’da ochilgan atirgulni ko’rib xursand bo’lib ketibdi:
- Muncha ham chiroyli bo’lmasang...
Buni ko’rib anjir o’ksinibdi:
- Mening gulim g’unchamning o’zida yetiladi. Uni hyech kim ko’rolmaydi.
Bog’bon esa unga qarab:
- Har narsaning o’z o’rni, vaqt-soati bor, - debdi.
Kunlar o’tibdi. Anjir mevalari g’arq pishganda bog’bon ularni savatga solibdi:
- Muncha asal bo’lib ketmasang...
Endi terak o’ksinibdi:
- Mening na gulim bor, na mevam...
Bog’bon unga:
- Har narsaning o’z o’rni, vaqti-soati bor, - debdi.
Ko’p o’tmay bog’bon bog’ o’rtasida shiypon soliga ahd qilibdi. Keyin terak yoniga kelibdi.
- To’g’ri o’sganing uchun rahmat. Juda ustunbop bo’libsan, - debdi.


Topishmoqlar
Bir qop un, Ichida ustun. (Jiyda)
Qishda uxlab yalang’och,
Bahor qo’yar yashil soch. (Tol daraxti)
Uzun terak,
Ichi kovak. (Qamish)
Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko’zin olmaydi. (Kungaboqar)
Erta baxorda kuldi,
Sovuq tushgach, to’kildi. (Barg)


Tez aytishlar
Guli guldonda gul keltirdi.
Tok tagida tovuq tuxumi turibdi.
Gulsara gul saralab, gul sanadi.
Jamila jiydani joyiga joyladi.

Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling