Camtasia va FastStone Capture


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana12.09.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1676072
  1   2   3
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot


4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Video va audio elektron o’quv resurslarini yaratish dasturlari. Camtasia va FCapture dasturlari.
Video va audio elektron oʻquv resurslar orqali ta’lim jarayonini virtuallashtirish imkonini beradi.Video va audio elektron oʻquv resurslarni yaratish uchun Camtasia va FastStone Capturedasturlarini qarab oʻtamiz.
Camtasiadasturi

Camtasia (avvalgi "Camtasia Studio") - TechSmith kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ekranni videoga yozib olishga muljallangan dastur. Foydalanuvchi ekran yoki oynaning videoga olish maydonini belgilaydi, shuningdek uni ishga tushirishdan oldin yozish parametrlarini oʻrnatadi. Camtasia Studio foydalanuvchiga mikrofon yoki dinamiklardan ovoz yozish, shuningdek, web-kameradan video lavhalarni ekranda joylashtirish imkonini beradi.Camtasiada ekran tasvirlarini turli formatdagi videofayllarga yozib olish va videoni tahrirash imkoniyati xam mavjud boʻlib, unda oʻrnatilgan Macromedia Flash (SWF) va video pleerlar mavjud. Camtasia Windows tizimlarining istalgan qismidan harakatlar va tovushlarni yozib oladi va AVI faylda saqlaydi.
Dasturning asosiy xususiyatlari:
- Ekranda nima boʻlayotganini aniq yozib olish, shu jumladan ovoz, tizimtovushlarini ham yozib olish.
- Koʻp miqdordagi vizual natijalarni qoʻshish
- Yozilgan video taqdimotini tayyorlash
- Videokliplarni kesib olish va birlashtirish
- Ovoz qoʻshish va tahrirlash
- Ekspressivlikni qoʻshish
- Nashriyotning barcha mumkin boʻlgan funktsiyalari mavjudligi
- Tayyor videoni AVI, SWF, FLV, MOV, WMV, RM, GIF va CAMV formatlarida saqlash.
Bundan tashqari, oʻrnatilgan pleyer asosida mavjud boʻlgan har qanday video faylini yaratish mumkin. Camtasia bir qancha effektlarni bir vaqtda qoʻllash imkonini beradi, aloxida kadrlar bilan ishlashga qodir, yuqori aniqlikdagi, siqilgan videoni yozib olish, tahrir qilish va nashr etishni osonlashtiradi.
Videoni siqish uchun Camtasia ishlab chiquvchilari oʻzining foydalanuvchilariga Techsmith Screen Capture Codec (TSCC) kodekidan foydalanishni taklif qilishadi. Bu kodek har qanday rang chuqurligida tasvirlarni kodlashda yaxshi natijalarni koʻrsatadi. Uning algoritmi tizimdagi yukni minimallashtiradi, shuning uchun kodekni juda zaif konfiguratsiyalarda ham kodlash uchun ishlatish mumkin.
Tarkibi:
Camtasia Studio toʻrtta yordamchi dasturlarni oʻz ichiga oladi:

Camtasia Menumaker



Camtasia Player

Camtasia Theater va

Camtasia Recorder.
Bu yordamchi dasturlarning barchasi dasturning asosiy interfeysida joylashgan.

Dasturning asosiy interfeysi.
Tizim talablari:

  • Windows XP va undan keyingi versiyalari

  • P4 1,5 Gts, 512

  • OZP, Microsoft Directx 9,

  • HDD -da 500 Mb boʻsh joy

Rasmiy web –sayti:
https://www.techsmith.com/video-editor.html

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling