Canvas biznes modeli asosida O’zbekistondagi korxona faoliyatini tahlil qiling


Download 10.19 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi10.19 Kb.
#1838627
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot topshirig\'i


2-amaliy mashg’ulot.
Canvas biznes modeli asosida O’zbekistondagi korxona faoliyatini tahlil qiling.
Canvas biznes modeli
Canvas tizimli ravishda kompaniya biznes modelini aks ettiradi va uni segmentlar bo'yicha tahlil qilish imkonini beradi. Bu shuni anglatadiki, siz dastlab biznes modelning sizga ma’lum qismlari bo’yicha ma’lumotlar kiritasiz, so'ng sizga noma’lum bo’lgan segmentlar bo’yicha bir qator savollar asosida bosh qotirishingiz mumkin bo’ladi. Bu orqali siz biznesingizni bir butun tizim sifatida tushunish, o’zgarish va yangi g’oyalarni tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Canvas biznes modelining to’qqizta tuzulmaviy bloki quyidagi savollarga javob topishga qaratilgan:
Mijozlar segmentlari. Sizning mijozlarning qaysi segmenti ucuhn qiymat yaratmoqdasiz? Siz uchun qaysi/qanday mijozlar muhim? Qiymat taklifi. Xaridorga qanday asosiy qiymatni etkazib berasiz? Siz mijozlarning qaysi ehtiyojlarini qondiryapsiz?
Sotuv kanallari. Sizning mijozlaringiz qaysi kanallar orqali bog'lanishni xohlashadi? Qaysi kanallar eng yaxshi ishlaydi? Ularning narxi/xarajati qancha? Qanday qilib kanallar sizning va mijozlaringizni ehtiyojlarini qondirmoqda? Yangi kanallarni qanday moslashtirish mumkin?
Mijozlar bilan aloqalar. Asosiy mijozlar sizdan qanday munosabatlarni kutmoqda? Qanday qilib mijozlar bilan munosabatlarni yangi turlarini qo’llash, ularni xarajat va shakl bo'yicha moslashtirish mumkin?
Daromad oqimlari. Sizning mijozlaringiz qaysi yaratilgan qiymat uchun to'lashga tayyor? Xozirda ular nimaga va qaysi usulda to'laydilar? Ular qanday to'lashni afzal ko'rishadi? Har bir daromad oqimi umumiy daromadga qancha hissa qo'shadi?
Asosiy resurslar. Sizning qiymat taklifingiz qanday asosiy resurslarni talab qiladi? Tarqatish kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, daromadlar oqimida qaysi resurslar eng muhim hisoblanadi?
Asosiy faoliyat turlari. Sizning qiymat taklifingiz qanday muhim tadbirlarni talab qiladi? Taqsimot kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, daromadlar oqimi bo'yicha qaysi tadbirlar eng muhim hisoblanadi?
Asosiy hamkorlar. Sizning asosiy sheriklaringiz/etkazib beruvchilaringiz kimlar? Hamkorlikning maqsadlari qanday?
Xarajatlar tarkibi. Sizning biznesingizda eng ko'p xarajatlar nimaga sarflanadi? Qaysi asosiy resurslar/tadbirlar eng qimmat?


Misol.
Canvas” biznes-modeli yordamida biznes fa’oliyatini yoritish
Biznes turi: Kitob bosmasi
Download 10.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling