3.Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me’yor darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlanganliligiga aytiladi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‘rsatkichlar sifatida bitta xodimiga to‘g‘ri keluvchi mehnat vositalari, ish o‘rni, maydonining asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‘rsatkichlar orqali emas, balki sifat ko‘rsatkichlarni ham o‘rganish asosida baho beriladi. Tahlil uchun 3-jadvalni tuzamiz.
3-jadval
“KORXONA NOMI” ni asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi va qurolllanganligini tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
yil boshi
|
yil oxiri
|
O‘zgarishi
(+,-)
|
1.
|
Asosiy vositalarning yillik qoldig‘i, m.s.(1-shakl-012)
|
|
|
|
2.
|
Xodimlarining o‘rtacha ro‘yxatdagi soni, kishi
|
|
|
|
3.
|
Bir xodimiga to‘g‘ri keluvchi asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, so‘m.(1/2)
|
|
|
|
1.Jadvalni tahlil ob’ekti moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida to’ldiring. Xodimlar soni 1 jadvaldan olinadi. Jadvalga xulosa yozing.
2. Ta’sir qiluvchi omillarni metodik usullar orqali hisob-kitob qiling (zanjirli almashtirish, mutloq farq, integral, foizli, korrelyasiya va regressiya).
4. Xo’jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda tovar-moddiy zahiralarga ega bo’lishlari kerak. Shu boisdan ham tovar-moddiy zahiralarni tahlil qilish eng muhim obyektlardan biri hisoblanadi. Korxonalarning tovar-moddiy zahiralar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorda belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanganligi, ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishiga va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi.
Tovar-moddiy zahiralar summasi asosida ular miqdori va muayyan turlarining o’sishi ishlab chiqarish va sotish hajmlari o’zgarishiga taqqoslanadi. Tovar-moddiy zahiralar tuzilishi har bir turining ular umumiy summasidagi ulushini hisob-kitob qilish yo’li bilan aniqlanadi va ularni pul mablag’lariga aylantirish yo’llari topiladi. Mablag’larning katta ulushi ishlab chiqarish zahiralari yoki tugallanmagan mahsulotda bo’lsa, korxona mablag’lari faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish tugagunidan keyingina qaytariladi.
Tovar-moddiy zahiralar tuzilishini aniqlash uchun quyidagi 4-jadvalda ko’rib chiqamiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |