23 KEYS
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida
Bajarish muddati: 30 daqiqa
80-yillarning boshlarida AQSHda qat’iy pul-kredit siyosati bilan yumshoq fiskal siyosatining kombinatsiyasi mavjud edi. FRS raisi P.Volkerning asosiy maqsadi 70-yillardan me’ros qolgan inflyasiyani tiyish edi. SHu bilan birgalikda Prezident Reyganning siyosati saylovoldi va’dalariga asosan soliqlarni kamaytirish va xarbiy xarajatlarni ko‘paytirish edi.
Mendell-Flemeng modeliga ko‘ra dollarni qimmatlashtirish kerak edi. Haqiqatda xam dollar kursi boshqa valyutalardan ancha oshib ketdi. 1979 yilda 1 dollar 218 yenaga va 1.83 nemis markasiga teng edi, 1982 yilda 1 dollar 248 yenaga va 2.42 nemis markasiga teng bo‘ldi. Bu import tovarlarining narxini tushishiga olib keldi. AQSHning bir qancha tarmoqlarida raqobatbardoshlik tushib ketdi.Evropada dam olish arzonlashib ketdi va ko‘pgina Amerikaliklar sayoxat qilishga imkoniyatdan foydalanishdi.
Savol
Nima uchun dollarning qimmatlashuvi AQSH sanoatini raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi.
Milliy valyutaning qimmatlashuvi mamlakat to‘lov balansiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
⨪
Do'stlaringiz bilan baham: |