“case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study”
Download 269.36 Kb.
|
Кейс микромакроиқтисодиёт 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqni bajarish
7 KEYS.
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish Keys bilan ishlash bosqichlari - talabalarni ish matni bilan tanishtirish; - ishlarni tahlil qilish; - ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish; - munozara ishtirokchilarining bahosi; - munozara natijalarini sarhisob qilish. Topshiriqni bajarish: individual ravishda, mashg'ulot paytida Bajarish muddati: 30 daqiqa Jami talabning ishsizlikka ta’sirini almashtirishda kamayib borayotgan ish xaqi elastikligini oshishiga erishish mumkinmi? Massachuset texnalogiya institutidan Martin Veysman yuqoridagi maqsadga erishishda o‘z usulini taklif etdi. Klassik va keys tarafdorlarining makroiqtisidiyot muvozanatiga yondashuvlarini solishtirib shunday xulosa qildiki, agar ish xaqqi barqaror bo‘lsa, bandlik barqaror bo‘lmaydi va aksincha. Ko‘pchilik zamonaviy iqtisodchilar kasaba uyushmalarining uzoq muddatli shartnomalari ish xaqqini noelastik bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb xisoblaydilar. Bundan esa mexnatga talabning pasayishi birinchi navbatda bandlikka ta’sir qiladi (boshqacha aytganda ishlab chiqarish pasayganda ish xaqqi emas bandlik qisqaradi) Professor Veysmanning taklifida pasayishida ish xaqqi stavkalari elastikligini oshirish kerak bunda mexnat bozorining ko‘proq darajada klassik modul talablariga o‘xshashi lozim va bu bandlikning barqarorlashuviga olib keladi deyiladi. Veysman taklifining asl ma’nosi shuki, u ish xaqqining qandaydir qismi firmaning rentabilligini bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligi , ishchilarni rag‘batlantirish firma foydasaning qandaydir qismini tashkil qilishi kerak. Masalan, ishchilarga soatiga 10 dollar kafolatlangan ish xaqi o‘rniga unga 5 dollar to‘lashni taklif etadi. Bunda ishchi soatiga 10 dollar oladi (kafolatlangani 5 dollar xamda 5 dollar firmaning iqtisodiy xolatiga qarab ishchini rag‘batlantirish) Bunday holat bandlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi? Aytaylik ishlab chiqarish pasaymoqda va maxsulot realizatsiyasi ham kamaydi,o‘z navbatida firma foydasi kamayib ketdi.Natijada kafolatlangan 5 dollar ishchilarga to‘lanadi,foydaning kamayishi natijasida, qolgan 5 dollar kamayishi, hattoki 0 ga tushib ketishi ham mumkin. Veysmanning taklifi bo‘yicha ana shunday holatda firma yangi ishchilarni ishga qabul qilsa bo‘ladi. Bu siklik ishsizlikni kamaytirishga olib keladi. Savollar: 1. Professor Veysmanning ish haqi haqidaga taklifi haqida fikringiz qanday? Uning plyus va minus tomonlarini ko‘rsating. 2. Siz qanday o‘ylaysiz bu usul xaqiqatdan ham ish xaqi elastikligini oshiradimi, va ishsizlikni bartaraf qila oladimi? 3. Siz qanday o‘ylaysiz, Veysmaning kafolatlangan ish xaqini kamaytirishi, tadbirkorlarga kapital xajmini qisqartirish bilan bog‘liq texnologiyalarni qo‘llagan holda ish xajmini ko‘paytirishi qo‘l keladimi? Bu narsa uzoq muddatli davrda YAIM o‘sishi sur’atini sekinlashtirishga olib kelmaydimi? 4. Kafolatlangan ish xaqining kamayishi hisobiga,kelajakda ko‘proq ish joylari tashkil qilinishi ishchilarga ma’qul kelarmikin? Qanday o‘ylaysiz? Download 269.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling