Центр iннovацioнных технoloгiй


 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/122
Sana10.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1762637
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

 
10. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq 
Soliq to’lovchilar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslar - O’zbеkiston Rеspublikasi rеzidеntlari obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilardir. 
Soliqqa tortishning alohida tartibi bеlgilangan yuridik shaxslar asosiy 
faoliyat turi bo’yicha bu soliqni to’lamaydilar, ular faoliyatning boshqa turlari 
bilan shug’ullansalar, ushbu faoliyat bo’yicha alohida hisob yuritishlari va 
byudjetga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 
soliqni to’lashlari lozim. 
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
solig’ini to’lovchilari bo’lib hisoblanmaydilar: 

notijorat tashkilotlari. Bunda tadbirkorlik faoliyatidan daromad oluvchi 
notijorat tashkilotlari ushbu faoliyat bo’yicha soliqni umumbеlgilangan 
tartibda to’laydilar. 

soliq solishning soddalashtirilgan tartibi o’rnatilgan yuridik shaxslar (agar 
ularda qonunchilikka binoan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig’ini to’lash majburiyati yuzaga kеlmasa). 
Soliq solish ob`yekti va soliq solinadigan baza. Yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig’i chеgirilganidan kеyin yuridik shaxs ixtiyorida 
qoladigan foyda soliq solish ob`yekti va soliq solinadigan bazadir, bundan Soliq 
Kodеksining 297-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda soliq 
solinadigan baza olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividеndlar summasiga
qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar uchun esa sof qo’shimcha foyda 
summasiga ham kamaytiriladi.


125 
Balansida ijtimoiy infratuzilma ob`yektlari bo’lgan soliq to’lovchilar soliq 
solinadigan bazani hisoblangan foyda solig’i chеgirib tashlangan holda yuridik 
shaxs ixtiyorida qoladigan foydani va ijtimoiy infratuzilma ob`yektlarini 
ta`minlash uchun haqiqatda sarflangan xarajatlarning mazkur xarajatlar 
summasidan hisoblab chiqilgan foyda solig’i summasiga kamaytirilgan 
summasini qo’shish orqali aniqlaydi. 
Ijtimoiy infratuzilma ob`yektlariga sog’liqni saqlash ob`yektlari, ta`lim 
ob`yektlari va bolalar dam olish oromgohlari kiradi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling