Ch. Aytmatovning "Oq kema" asaridan. 165 so’z
Download 22.34 Kb.
|
9-sinf Ona tili
Tush Qudratli kuch ta’sirida cheksiz bahribar - ummon tublaridan chiqib kelib, qirg’oqlarni, maysalarni, qumtepalarni bosib, sehrli og’ushiga olgan dahshatli suv ko’tarilishi va qaytishidek mana shu tush ham o’z-o’zidan quyilib kelaverardi. Har gal mana shu tushni ko’rganida O’rxon bobo uzoq vaqtgacha gangib yurardi. Tushining rostligiga u qattiq ishonardi. Biroq Suv parisi bilan ko’rishganlarini biror jonzotga aytmasdi. Bunday voqea tushida emas, o’ngida, shunday yashab yurgan paytda yuz berganida ham , albatta, hech kimga aytmagan bo’lardi. Mana shu voqea cholning tushlariga tez-tez kirib turar, uni ham quvontirib, ham qayg’uga solib, ruhan azoblardi. Bu tushning ajoyib-g’aroyib xosiyati shunda ediki, u har gal O’rxon boboni o’zining mohiyati, ma’nolari va ishoralarining teranligi va aql bovar qilmas darajadagi turlanishlari bilan lol qoldirardi. Chol ko’rgan tushlarining hayot bilan allaqanday mavhum, sezilar-sezilmas sirli munosabati haqida o’y surardi. Bu aloqaning sirli ekanligi va mavhum alomatlari odamni hamisha azobga solardi. O’rxon bobo beixtiyor shuni his etdiki, ko’ngli har qancha alg’ov-dalg’ov bo’lsa ham, u o’sha tushida ko’rganlarini yana va yana ko’rgisi kelaverar, doimo buyuk Suv parisining visol sog’inchi bilan yashardi. (CH. Aytmatovning “Oq kema” asaridan. 165 so’z.) 67-umumiy o’rta ta’lim maktabining “ Filologiya fanlar metod birlashmasi raisi: Norova Naziraning “ O’quv jarayonida pedagogik texnologiyani qo’llash va o’quv chilarni o’zlashtirish sifat darajasini oshirishga erishish bo’yicha “
67-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2019-2020-o’quv yilining I choragida Onatili va adabiyot fanlariining o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’quvchilarning sifat darajasini oshirishga erishish maqsadida 6-11-sinflarda ona tili va adabiyot fanlarining o’qitilish ahvoli bo’yicha mavzular- da bo’shliqlar aniqlandi fan o’qituvchilar bu masala bo’yicha o’zlarining chora – tadbirlarinin ishlab chiqdilar va kamchiliklarni bartaraf etish rejalarini tuzdilar. Onatili va adabiyot fanlaridan nazorat diktantlari olindi va uning natijalari quydagicha: Onatili fani va adabiyot fanlaridan darslar tahlil qilindi va yozma ishlar olindi
ni tashkil etilganligi haqida ma’lumot berib o’tdi QAROR QILINDI: Norova Naziraning tayyorlagan taqdimoto ma’lumot uchun qabul qilinsin. Onatili va adabiyot fanidan aniqlangan kamchiliklar chora-tadbiri belgilab olinsinva kamchiliklar bartaraf etilsin. Ushbu masalani nazorat qilish metod birlashma raisi zimmasiga yuklatilsin. Metod birlashma raisi: N. Norova. Download 22.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling